VALIANT

VALIANT — ertagi serhosil shaftoli navi. Vatani Amerika. Daraxti oʻrtacha kattalikda. Oʻzidan changlanadi. Mevasi yirik (140—170 g), dumaloq-tuxumsimon, rangi toʻq sariq. Pustila siyrak nozik tuklari bor. Eti xushboʻy, sargʻimtir, shirali, danak atrofi qizgʻish, shirin. Eti danagidan yaxshi ajraladi. Danagi yirik. Koʻchati ekilganidan keyin 2—3-yildan hosil qiladi, 5—6-yili toʻliq hosilga kiradi. Hosildorligi yuqori (160—170 s/ga). Boshqa r-nlashtirilgan navlarga karaganda sovuqqa va kasalliklarga chidami yuqori. Apr. boshlarida gullaydi. Mevasi iyulda pishadi. Mevasi yangiligigida yeyiladi, sharbatlar, jem va b. tayyorlanadi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun tavsiya etilgan (yana q. Shaftoli).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x