VANNALAR

VANNALARgigiyena va davolash-profilaktika maqsadida qoʻllaniladigan muolajalar. Suv (q. Suv bilap davolash), balchiq (q. Balchiq bipan davolash), qum (q. Qumga tushish), havo (q. Havo va quyosh vannalari) vannalari boʻladi. Koʻproqumumiy Vannalar qoʻllaniladi. Oddiy suv vannasida badanni suvga koʻmib yotiladi. Suv haroratiga qarab sovuq (22» gacha), iliq (33-36°), issiq (37-39°), qaynoq Vannalar ; tarkibiga koʻra chuchuk suvli, tabiiy mineral suvli Vannalar, tabiiy va sunʼiy yoʻl bilan tayyorlangan gazli (karbonat angidridli, kislorodli, azotli), mineralli (karbonat angidridli, vodorod sulfidli, radonli, yodbromli, yana q. Balneoterapiya), dorili (mas., xantalli, kraxmalli va h. k.), shuningdek xushboʻy (ignabargli daraxt ekstrati solingan) Vannalardan foydalaniladi. Vannalar vaqtiga koʻra qisqa muddat (1—5 min.), odatdagi (10—15 min.) va uzoq muddatli (30 min. —1 soat) boʻladi. Vanna qabul qilinganda nerv sistemasi analizatorlarining teridagi periferik retseptorlariga t-ra. mexanik va kimyoviy omillar taʼsir koʻrsatadi. Vannalar, odatda, massaj, elektr bilan davolash va b. davo muolajalari bilan birga qoʻllaniladi. Gigiyenik Vannalarni uy sharoitida ham qilish mumkin. U terining fiziologik faoliyatini kuchaytiradi, jumladan ter va yogʻ bezlarining ishini, terining nafas olishini, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Gigiyenik Vannalar haftada 1—2-marta 20—30 min. dan qabul qilinadi. Davo Vannalari, odatda, mustaqil davo usuli boʻlmay, balki bemorni umumiy davolash tizimiga kiradi. Davo Vannalar oddiy Vannalar kabi qabul qilinadi. Suvga butun badan koʻmilib turadi, bosh, boʻyin, yurak sohasi ochiq qoladi. Mahalliy Vannalar koʻpincha qoʻl yoki oyoqqa buyuriladi, uni oʻtirib qabul qilinadi. Davo Vannalar ining muddati suvning tarkibiga qarab belgilanadi. Vannalarning asosiy taʼsir etuvchi omillari nisbatini oʻzgartirib, har xil miqdordagi suvdan foydalanib (umumiy, mahalliy Vannalar) t-rasi va muddatini turlicha olib, organizmga qoʻzgʻatuvchi va tonusni oshiruvchi yoki tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatish, moddalar almashinuvini kuchaytirish yoki susaytirish mumkin. Sovuq va salqin suvli Vannalar organizm tonusini oshirib, yurak-tomir hamda nerv sistemasini qoʻzgʻatadi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Iliq suvli Vannalar ogʻriqni kamaytiradi, muskullarni boʻshashtiradi, asabni tinchlantirib, uyquni yaxshilaydi. Issiq suvli Vannalar ter chiqishi va moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Dorili Vannalarni koʻpincha uy sharoitida ham qoʻllash mumkin. Oʻtirib qabul qilinadigan Vannalarni qabul qilishda shunga moʻljallangan maxsus vannadan yoki uy sharoitida chuqur togʻoradan foydalaniladi.

Vannalarni mutaxassis shifokor tavsiyasiga koʻra qabul qilish lozim, aks holda davo koʻngildagidek natija bermasligi mumkin. Bolalarga davo Vannalar buyurilganda bolalar organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlarini, shuningdek ularning hali bir qator aʼzo va sistemalari funksional yetilmaga-nini. issiqqa taʼsirchanlikning mukammallashmaganini nazarda tutish lozim. Bolalar badani issiq-sovuqni juda tez sezadi, shuning uchun Vannalarga tu-shirishda alohida eʼtibor talab eti-ladi. Davo Vannalar qabul qilinadigan kuni toliqmaslik, vannadan keyin yotib dam olish tavsiya etiladi. Vannalarni kun orala-tib yoki shifokor tavsiya etgan kunlar-dagina olish kerak. Umumiy davo Vannalarni nahorga va ovqatdan keyin bir oz vaqt oʻtmasdan qabul qilish yaramaydi, so-vuq paytlarda vaina qabul qilingandan keyin shamollab qolmaslik uchun qalinroq kiyinib olish lozim.

I Karim Yoʻldoshev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x