BAROQ

BAROQ, Buroq, Baroq oʻgʻlon (? — 1428) — dashti qipchoqlik hukmdor (1423—28). Oʻrusxonning nabirasi. Baroq 1419-y. may oyida taxt uchun kurashda koʻmak istab Samarqandga Ulugbek huzuriga kelgan. Ulugʻbek unga harbiy yordam beradi va shu yilning avg. oxirida oʻzi ham katta qoʻshin bilan safarga chiqib, 5 sent. da Chinoz yonida Sirdaryodan kechib oʻtadi. Dushman (Tugʻa Temur avlodi Muhammadxon) jang qilmasdan tarqab ketgan, shuning uchun Ulugʻbek 22 okt. da Samarqandga qaytib kelgan. Baroq bir muncha vaqtdan soʻng (1423-y.) Muhammadxonning oʻrdasini, 1425-y. boshida esa uzilkesil taxtni egallaydi. Mustaqil boʻlib olgach, Baroq bilan Ulugʻbek oralaridagi munosabat buziladi. Bunga sabab Baroqning Sigʻnoq atrofidagi yerlarni daʼvo qilib chiqishi boʻlgan. B. Sigʻnoq sh. uning bobosi Oʻrusxonning qarorgohi boʻlgani va shaharni bobosi obod qilganini daʼvo qiladi. Bunga javoban Ulugʻbek 1427-y. bahorida ukasi Muhammad Joʻqiy bilan Baroqqa qarshi otlangan. Ulugʻbek Baroq tomonidan kechirim soʻrab, sulh taklifi bilan yuborilgan elchini qaytarib yuborgan. Sigʻnoq atrofidagi tepalik yerlardan hech qanday xavfsizlik chora tadbirlarini koʻrmasdan oʻtib borayotgan Ulugʻbek qoʻshiniga Baroqning kam sonli qoʻshini toʻsatdan hujum qilib raqibini parokanda qilib yuborgan. Baroq Samarqand atrofini talab orqaga qaytgan. Ulugʻbek otasi Shohrux yuborgan Hirot qoʻshini hamda Muhammad Joʻqiyning mulki — Qandahordan kelgan qoʻshinlarni jamlab yana B. qa qarshi otlanganda, Toshkentgacha kelgan, biroq Baroq qoʻshini dasht ichkarisiga chekingan. Sigʻnoq sh. Ulugʻbek qoʻl ostida qolgan. B. Moʻgʻulistonga qilgan yurishida Sulton Mahmud oʻgʻlon tomonidan oʻldirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x