VATERPAS

VATERPAS (gollandcha Waterpas) — gorizontallikni tekshirish va kichik qiyalik burchaklarini oʻlchash uchun ishlatiladigan oddiy asbob. Shovun osilgan tik (vertikal) yogoch (yoki plastmassa) ustuncha. Ustuncha tagiga asos (brus) mahkamlanadi. Yer tekislash ishlari, duradgorlik va b. da ishlatiladi (yana q. Adilak, shayton). Пост Навигацияси

VALLISNERIYA

VALLISNERIYA, suvyaproq (Vaillisneria) — suvguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Suv ichida usadi. Bargi ingichka, tasmasimon, uz. 75 sm ga yetadi. Gullari mayda, ikki uylik. Changchi gullari dastlab suv ichida rivojlanadi, keyinroq uzilib suv yuzasiga koʻtariladi. Urugʻchi gullarining gulbandlari dastlab spiral shaklda oʻralgan boʻlib, keyinchalik choʻzilishi tufayli suv yuzasiga koʻtarilib changlanadi. Changlangan gulning gulbandi yana … Читать далее

BOSMAXONA

BOSMAXONA — matbaa mahsulotlari (kitob, jurnal, gazeta, plakat, blank va b.) tayyorlaydigan sanoat korxonasi. Qadimda risolalar asosan qoʻlyozma tarzida tayyorlangan. Sharqda qoʻlyozmalarni xattotlar bejirim qilib oqqa koʻchirib, naqqoshlar bezaklar bilan bezashgan, muqovasozlar varaqlarni tikib va qolipga tortib, kitob holida chiqarishgan q(. Noshirlik). Kitob bosishga doir dastlabki tajribalar Xitoyda 1041—48 y. larda amalga oshirilgan (Bi Shen). … Читать далее

BOLLS ASBOBI

BOLLS ASBOBI — paxta tolasining uzunligi oʻlchanadigan asbob. Ingliz ixtirochisi V. L. Bolls nomidan. Choʻzish apparati va undan olingan piltani lentaga boʻlib chiquvchi moslamadan iborat. Choʻzish apparatida 2 juft metall valik bor. Ostki valikka charm qoplangan. Valiklar bir-biriga prujina yordamida siqilib turadi. Paxta namunasidan 200—300 g tola ajratilib, 32 teng boʻlakka boʻlinadi va aralashtiriladi. Aralashmani … Читать далее

VENGRIYA

VENGRIYA (Magyarorszag), Vengriya Respublikasi (Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy qismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat. Mayd. 93 ming km2. Aholisi 10,44 mln. kishi (2000). Poytaxti — Budapesht sh. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (medye) ga boʻlinadi. Budapesht alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Davlat tuzumi. Vengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-y. 20 avg. da qabul … Читать далее

BOBURIYLAR DAVLATI

BOBURIYLAR DAVLATI — Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat (15261858). 1517-y. dan boshlab Dehli sultonligitsa ichki nizolar avj olib, sultonlik inqiroega yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga boʻysunmay qoʻydi. Lohurda Davlatxon, Dexlida Ibrohim Loʻdiy, Mevarda Rano Sango mustaqillik eʼlon qildilar. Bobur bundan foydalanib 1519 va 1524-y. lari Kobuldan Panjobga yurish qildi va katta oʻljalar olib … Читать далее

VEGETATSION UY

VEGETATSION UY — devorlari va tomi oynavand, shamollatib turishga moslashtirilgan kichik bino, turli vegetatsion tajribalar olib boriladi. Oynavand uy yonida metall toʻr bilan oʻralgan (parrandalardan himoya qilish maqsadida) maxsus maydoncha boʻladi. Tungi sovuq paytida va ob-havo ayniganda vegetatsion idishlarda oʻstirilgan oʻsimliklar joylashtirilgan vagonchalar temir izlar orqali gʻildiratib uyga kiritib, kunduz kunlari va havo iliq paytlarda … Читать далее

VAQT BYUDJETI

VAQT BYUDJETI, aholining vaqt byudjeti — ayrim xodimlar va ular oilasi hamda muayyan aholi guruhlarining oʻz vaqtini nimalarga (mas., mehnat qilish, dam olish, oʻqish va b.) sarflashini ifodalovchi koʻrsatkichlar majmui. Vaqt byudjeti 2 ga boʻlinadi: 1) ish vaqgi (haqiqiy ish vaqti, unumsiz xatti-harakatlar, ishdagi belgilangan tanaffuslar, smena qabul qilish hamda topshirishga ketgan vaqt va h. … Читать далее

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BOSH ASSAMBLEYASI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BOSH ASSAMBLEYASI — BMT asosiy organlaridan biri, barcha aʼzolarining umumiy yigʻilishi. Butun BMTga tegishli vazifalar hamda vakolatlarning muhim qismini bajaradi. BMT barcha asosiy organlari orasida eng vakolatlisi. Shu organlarni shakllantirishda ishtirok etadi. BMTga aʼzo hamma davlatlar oʻz vakillariga ega boʻlgan yagona organ. Mazkur vakillar kupi bilan 5 delegat va yana shuncha delegat … Читать далее

GIDROKON

GIDROKON,gidravlik kon — qazilma boyliklar (mas, koʻmir)ni qazish, tashish va yer sirtiga chiqarish ishlari suv oqimi energiyasi hisobiga bajariladigan shaxta. G. da suv manbai shaxtaga okib keladigan yer osti suvlari hisoblanadi. Koʻmir yuqori (5 — 10 Mya/m2) bosimli suv oqimi taʼsirida uvalatiladi yoki oldin mexanik tarzda uvalatilib, keyin suv oqimida yuvib tushiriladi. Suvni konga markazdan … Читать далее