VEKTOR

VEKTOR (lot. vector — eltuvchi, koʻchuvchi) — toʻgʻri chiziqning yoʻnalishga ega boʻlgan kesmasi. Bu kesma uchlaridan biri Vektorning boshi, ikkinchisi esa oxiri boʻladi. Boshi bilan oxiri ustma-ust tushgan Vektor nol vektor deyiladi. Vektor, odatda, qora harflar yoki ustiga strelka qoʻyilgan oddiy harflar bilan koʻrsa-tiladi, mas., boshi A nuqtada, oxiri V nuqgada boʻlgan Vektor bunday belgilanadi: … Читать далее

BIRJA KURSI

BIRJA KURSI — fond birjasida muomalada boʻlgan qimmatbaho qogʻoz (aksiya, obligatsiya)ning sotilish narxi. Birja kursiga qimmatbaho qogʻozga toʻlanadigan dividend va ssuda foizi taʼsir koʻrsatadi. Dividend mikdori yuqori boʻlsa, Birja kursi qimmat, ssuda foizi yuqori boʻlsa, arzon boʻladi. Aksiyalarning nominal qiymati Birja kursiga taʼsir koʻrsatmaydi, obligatsiyalarning Birja kursi esa nominal narxiga bevosita bogʻliq boʻladi, chunki qaytarib … Читать далее

BERUNIY

BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy … Читать далее

VOLVOKSSIMONLAR

VOLVOKSSIMONLAR (Volvocophyceae) — yashil suv oʻtlari sinfi. Yakka hujayra (donaliyella, xlamidomonada) yoki koloniya (volvoks, pandorina, eudofina) boʻlib oʻsadi, oʻsuv davrida harakatchan. Hujayrasida kosasimon pirenoidli xloroplast, qizil «koʻzcha», qisqaruvchi vakuol, 2 (baʼzan 4,8) ta xivchin boʻladi. Yakka hujayra Volvokssimonlar qattiq qobiqsiz. Volvokssimonlar boʻyiga boʻlinish orqali, qobiqli Volvokssimonlar zoosporalar hosil qilish orqali jinssiz koʻpayadi. Koloniya Volvokssimonlarning jinssiz … Читать далее

BENZIN

BENZIN (frans. benzine) — turlicha tuzilgan uglevodorodlar aralashmasi, 30—205° oraligida qaynaydigan rangsiz suyuklik. Muzlash t-rasi — 60° , alangalanish t-rasi 0° dan past, zichligi 680—780 kg/m3. Havoda Benzin butlari konsentratsiyasi 0,074—0,123 kg/m3 ga yetganda portlaydigan aralashmalar hosil boʻladi. Benzin, asosan, neftni haydash va katalitik qayta ishlash yoʻli b-n; ozroq toshkoʻmir va yonuvchi slaneslarni qayta ishlash … Читать далее

BAGAMA OROLLARI

BAGAMA OROLLARI, Bagama Orollari Hamdoʻstligi (Commowealth of the Bahamas) — Mapkaziy Amerikadagi davlat. Karib dengizida, Florida ya. o. ning jan.sharqida. 700 oroldan iborat Bagama arxipelagida joylashgan. Mayd. 13,9 ming km2. Aholisi 284 ming kishi (1996). Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 16 kishi. Ularning 80% negrlar va duragaylar. Aholining 58% shaharlarda yashaydi. Mamlakat poytaxti — Nassau … Читать далее

BRAHMI

BRAHMI — qad. boʻgʻinli hind yozuvlaridai biri. Mil. av. 3-a. da yuzaga kelgan. Hindiston va Hindixitoy [Myanma (Birma), Shri Lanka va b. ] dagi hoz. koʻpgina yozuvlarga asos boʻlgan. Bu yozuvdagi yodgorliklar buddiylikka oid oliy farmonlar boʻlib, shoh Ashok (mil. av. 272—232) davriga mansub. Bularning koʻpchiligi qoyalarga va ibodatxonalarning ustunlariga oʻyib bitilgan. Brahmining kelib chiqishi … Читать далее

VINTLI KEMA

VINTLI KEMA — eshkak vint (gʻildirak) bilan harakatlanadigan kema. Zamonaviy oʻziyurar kemalarning koʻpi eshkak vintli. Kemaning quyruq qismiga oʻrnatiladigan bir va bir necha eshkak vintli kemalar mavjud. Baʼzi Vintli kema (muzyorar, parom) larda eshkak vint kemaning tumshuq qismiga ham oʻrnatiladi (yana q. Kema, Kema dvigateli). Пост Навигацияси

BOQI MUHAMMAD

BOQI MUHAMMAD (71605) Buxoro xoni (1601—05). Ashsharxoniylardan. Jonibek sultonning oʻgʻli. Shayboniylar sulolasining soʻnggi vakili Pirmuhammadxon (1598—1601) Boqi Muhammadni alohida xizmatlari uchun Samarqand hokimi etib tayinlagan (1599). Shunday boʻlsada, Boqi Muhammad tez orada oʻz mavqeini mustahkamlab olib, Pirmuhammadxonga itoat etmay koʻygan va hatto unga qarshi urushga hozirlik koʻra boshlagan. 1601-y. iyunda Pirmuhammadxon Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamol … Читать далее

VALYUTA TANGLIGI

VALYUTA TANGLIGI, valyuta inqirozi — pul-kredit tizimining chuqur izdan chiqishi; mamlakat ichidagi pul muomalasini hamda xalqaro hisobkitoblar doirasini qamrab oladi. Valyuta kursining keskin tebranishlari, mamlakat valyuta rezervlarining tugashi b-n tavsiflanadi. Valyuta tangligi pul-kredit tizimining izdan chiqishi, valyuta kurslarining keskin tebranishlari, valyuta rezervlarining hajm jihatidan sezilarli va tezlikda mamlakat hududidan oqib ketishi, valyutalarning devalvatsiya va revalvatsiya … Читать далее