VIBORG

VIBORG — RF Leningrad viloyatidagi shahar. Fin qoʻltigʻi sohilidagi orol va yarim orollarda joylashgan. Saymen kanali yaqinidagi muhim dengiz porti, t. y. tuguni. Aholisi 81 ming kishi (1999). 1293-y. da Viborgda shvedlar qalʼa kurgan, keyinchalik shu qalʼa atrofida shahar vujudga kelgan. 1721-y. Nishtadt sulh shartnomasiga muvofiq Viborgni Rossiya egallagan. 1918—40 y. larda Finlyandiya (Viipuri deb atalgan) tarkibida. 1940-y. yana Rossiyaga qoʻshib olingan. Viborg atrofi dengiz boʻyi iklim kurorta. Viborgda elektr asboblari, baliq ovlash sanoati uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqariladi, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari hamda tibbiy bilim yurti, oʻlkashunoslik muzeyi va b. muzeylar bor.

Loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x