VISMUT

VISMUT, sof vismut — mineral. Asosan sof tugʻma metall — Bi dan iborat. Trigonal singoniyali. Vismut mayda donachalar, zanjirsimon, varaqasimon kristallar. Kumushsimon oq, kulrang va sargʻish. Yaltirokligi metallsimon. Qattiqligi 2,5. S. of. 9,8. Asosan gidrotermal eritmalardan hosil boʻladi. Pegmatit, skarn, greyzen, yuqori haroratli gidrotermal konlarda kassiterit, volframit, molibdenit, sheyelit, qoʻrgʻoshin, rux, mis, temir sulfidlari, shuningdek kobalt va nikel arsenadlari, sof kumushli rudalar b-n birga hosil boʻladi (yana q. Vismut rudalari). V. Oʻzbekistonda Qoʻshbuloq, Chodak, Ustarasoy, Burchmulla, Langar, Ingichka, Yaxton, Choshtepa, Qoʻytosh konlarida uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x