DEN SYAOPIN

DEN SYAOPIN (1904, Sichuan – 1997, Pekin) — Xitoy davlat va siyosat arbobi, Xitoy Kompartiyam (XKP) maslahatchilar Markaziy komissiyasining raisi (1982— 87). XXR Markaziy har-biy kengashi raisi (1983—90). 1975 — 76 va 1977—82 y. larda XKP Markaziy Komiteti raisining oʻrinbosari. XKP MK bosh kotibi (1956—66). XXR Davlat maʼmuriy kengashi bosh vazirining oʻrinbosari (1952—54), XXR Davlat … Читать далее

KARIMOV Islom Abdugʻaniyevich

KARIMOV Islom Abdugʻaniyevich (1938.30.1, Samarqand sh.) — yirik davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo politexnika in-ti (1960), Toshkent xalq xoʻjaligi in-tini (1967) tugatgan. Mehnat faoliyatini 1960-y. da Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi («Tashselmash») z-dida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng Mazkur korxonada master, texnolog. 1961-y. dan 1966-y. gacha … Читать далее

LYUIS Uilyam Artur

LYUIS Uilyam Artur (1925.23.1, Sent-Lyusiya oroli, Britaniya VestIndiyasi — 1991) — iqtisodchi olim, iktisodiyot dri (1940), Manchester unti prof. (1948); BMTning rivojlanayotgan mamlakatlar muammolari boʻyicha eksperti va BMT maxsus fondi ijrochi direktorining oʻrinbosari (1951 — 73); Prinston unti prof. (1968), Barbadosda Karib taraqqiyot banki prezidenti (1970—73). Lyuisning ilmiy ishlari rivojlanayotgan mamlakatlarning davlat siyosati va iqtisodiyoti … Читать далее

IMOMQULIXON

IMOMQULIXON ibn Dinmuhammadxon (1589—1650) — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi ashtarxoniylar sulola-sini boshqargan Buxoro xonligi xukmdori (1611—42). Vali Muhammadxon Erondan olib kelgan qoʻshinga qarshi Buxoro xalqining kurashiga rahbarlik qilib qozoqlar yordamida eroniylarni tor-mor keltirgan. Sungra 1611-y. Sirdaryoning quyi oqimidagi hududlarga yurish qilib isyonkor qozoq, qalmoq, qoraqalpoqlarni boʻysundirgan. Imomqulixon 1612-y. Toshkentni egallab oʻgʻli Iskan-darni hokim etib tayinlagan, ammo, … Читать далее

IKROMOV Akmal Ikromovich

IKROMOV Akmal Ikromovich (1898, Toshkent — 1938.13.3, Moskva) — davlat va siyosat arbobi. Toshkentning Oʻqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugʻilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidan fors va arab tillarini puxta egallab, sharq adabiyotini chuqur oʻrgangan. Toshkent sh. da oʻqituvchi (1918—19), «Izchilar toʻdasi» va «Chigʻatoy gurungi» aʼzo-si, Elxon taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Namangan, Fargʻona, Sirdaryo … Читать далее

QAYTA QURISH

QAYTA QURISH — 20-asrning 80-y. lari oʻrtalarida keng isteʼmolga kirgan tushuncha; SSSRda totalitar tizimni isloh yoʻli bilan oʻzgartirishga qaratilgan harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda toʻplanib qolgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni «qayta qurish» yoʻli bilan hal etishdan iborat boʻlgan. M. S. Gorbachyov boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan … Читать далее

KUJULA KADFIZ

KUJULA KADFIZ (Kadfiz I) – Kushon podsholigittt asoschisi (mil. av. 1-a. oxiri — mil. 1-a. 1-yarmi). Koʻchmanchi yuyechjilar (toxarlar)ning guyshuan — kushon qabilasiga mansub. Xitoy tarixiy yilnomalarida u Kioszyuko nomi bilan maʼlum. Tarixiy haqiqatga yaqin taxminga koʻra, yuyechji qabilalari tomonidan Baqtriya istilo qilingandan (mil. av. 2-a., 3-choragi) taxm. 100-yildan bir oz vaqt oʻtgach, Kujula Kadfiz … Читать далее

LIAKAT ALI XON

LIAKAT ALI XON (1895.1.10 — 1951.16.10) — Pokiston davlat va siyosat arbobi. Pokiston davlatini barpo etish harakati rahbarlaridan biri, yurist. 1923-y. dan Musulmonlar ligasi partiyasining aʼzosi, 1936—37 y. larda uning bosh kotibi, 1950-y. dan esa prezidenti, 1926-y. dan Hindiston viloyat, 1937-y. dan esa Hindiston markaziy qonun chiqaruvchi majlisi aʼzosi. L. A. x. Pokiston davlati barpo … Читать далее

BUYUK DAVLATCHILIK SHOVINIZMI

BUYUK DAVLATCHILIK SHOVINIZMI — koʻp millatli mamlakatlarda tarixiy taraqqiyot jarayenida davlatda yetakchi mavqeni egallagan, oʻz millatini «oliy» millat deb eʼlon qilgan hukmron millat mafkurasi va siyosati, shovinizm va millatchiliyutt bir turi. Millim va koʻp millatli davlatlar hamda mustamlaka imperiyalari tashkil topayotgan davrda vujudga kelgan. Hukmron b«uyuk» millatlar siyosati boshqa millat va elatlarni asoratga solish, ayovsiz … Читать далее

DEMIREL

DEMIREL Sulaymon (1924.1.11, Isparta viloyatining Islomkoy qishlogʻi) — Turkiyaning siyosat va davlat arbobi. Istanbul texnika un-tining qurilish f-tini tugatgan (1949). 1955—60 y. larda Turkiya suv xoʻjaligi davlat direksiyasi bosh mudiri. 1960—62 y. larda armiya safida. 1962—64 y. larda xususiy korxonada maslahatchi muhandis, Oʻrta sharq texnika un-tida oʻqituvchi. D. — «Adolat» partiyasining asoschilaridan biri. 1962-y. shu … Читать далее