BUYUK DAVLATCHILIK SHOVINIZMI

BUYUK DAVLATCHILIK SHOVINIZMI — koʻp millatli mamlakatlarda tarixiy taraqqiyot jarayenida davlatda yetakchi mavqeni egallagan, oʻz millatini «oliy» millat deb eʼlon qilgan hukmron millat mafkurasi va siyosati, shovinizm va millatchiliyutt bir turi. Millim va koʻp millatli davlatlar hamda mustamlaka imperiyalari tashkil topayotgan davrda vujudga kelgan. Hukmron b«uyuk» millatlar siyosati boshqa millat va elatlarni asoratga solish, ayovsiz ishlatish, iqgisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda kamsitishga qaratilgan. Maye, Rossiya imperiyasida yashovchi mazlum xalqlarga, jumladan Turkiston xalklariga nisbatan Buyuk davlatchilik shovinizmiga asoslangan siyosat amalga oshirildi, ularning kad. madaniyati, maʼnaviyati, ilmmaʼrifati, dini va urfodatlari oyoq osti qilindi. Shoʻrolar zamonida mazkur siyosat turli mafkuraviy usullar b-n, mas, «baynalmilallik» shiori ostida davom ettirildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x