DEN SYAOPIN

DEN SYAOPIN (1904, Sichuan – 1997, Pekin) — Xitoy davlat va siyosat arbobi, Xitoy Kompartiyam (XKP) maslahatchilar Markaziy komissiyasining raisi (1982— 87). XXR Markaziy har-biy kengashi raisi (1983—90). 1975 — 76 va 1977—82 y. larda XKP Markaziy Komiteti raisining oʻrinbosari. XKP MK bosh kotibi (1956—66). XXR Davlat maʼmuriy kengashi bosh vazirining oʻrinbosari (1952—54), XXR Davlat kengashi bosh vazirining oʻrinbosari (1954-66). XKP MK Harbiy kengashining raisi (1981—89). «Madaniy in-qilob» davrida (1966—76) «Mao Szedunga qarshi qaratilgan yoʻlni oʻtkazganligi» uchun Den Syaopin taʼqibga uchragan va surgun qilingan. Mao Szedun oʻlimidan keyin (1976-y. sent.) rahbarlik ishiga qaytarildi va avvalgi hamma la-vozimlariga tiklandi (1977). XKP MK ll-chaqiriq 3-plenumida (1978-y. dek.) D. S. tashabbusi bilan mamlakat miqyosida tub iqtisodiy islohotlar oʻtkazish, bozor tizimini yaratish, xorijiy mamlakatlar bilan savdo, sanoat, moliya sohalarida hamkorlikni keng yoʻlga qoʻyish va b. yirik tadbirlar majmui ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli amalga oshirila boshlandi. Den Syaopin butun dunyoda «Xitoyni qayta qurish meʼmori», «Xitoy islohotining otasi» sifatida tan olindi. Uning Xitoyda bozor munosabatlarini karor toptirishga oid fikrlari «Hozirgi Xitoyning asosiy masalalari» kitobida (1988) bayon qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x