IKROMOV Akmal Ikromovich

IKROMOV Akmal Ikromovich (1898, Toshkent — 1938.13.3, Moskva) — davlat va siyosat arbobi. Toshkentning Oʻqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugʻilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidan fors va arab tillarini puxta egallab, sharq adabiyotini chuqur oʻrgangan. Toshkent sh. da oʻqituvchi (1918—19), «Izchilar toʻdasi» va «Chigʻatoy gurungi» aʼzo-si, Elxon taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Namangan, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan (1919—21). Turkiston KP MK kotibi va tashkiliy instruktorlik boʻlimi mudiri (1921—22). Turkiston Respublikasida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) ni amalga oshirilishida ta-shabbuskorlik qilgan. Moskvada Ya. M. Sverdlov nomidagi Kommunistok un-tda oʻkigan (1922—24). 1925-y. yanv. da Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi, ayni paytda 1925-y. fev. dan (OʻzKPb) MK kotibi, birinchi kotibi (1929-y. dek. – 1937-y. sent.), ayni paytda (VKPb) MK Oʻrta Osiyo byurosi kotibi (1931—34). Butun Rossiya MIK aʼzosi, SSSR MIK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod (192537). OʻzSSR MIK Prezidiumi aʼzosi (1925—37).

Ikromov 1919—24 y. larda imkoniyati doi-rasida oʻzbek xalqi manfaatlari uchun Markaz siyosatiga qarshi kurashgan. Mas, Moskvada boʻlgan (RKPb MK milliy respublikalar va viloyatlar rahbarlarining 4kengashi (1923-y. 9 — 12 iyun)da u Turkistonda yuritilayotgan sovet siyosatini qattiq qoralab, hoz. Turkiston bilan chor Turkistoni oʻrtasida hech qanday farq yoʻq, deb taʼ-kidlagan edi. (RKPb) MK Bosh kotibi Ikromov Stalin bu haqqoniy muloqazalardan keyin Ikromov va Turkiston yer ishlari xalq ko-missari Sultonbek Xoʻjanovni millatchilikda ayblab, ularni «bosmachilarning hamtovoqlari» deyishgacha bordi. Ikromov mohir publitsist sifatida Oʻzbekistonda q. x. ni, xususan, paxtachilikni rivojlantirishga, madaniy qurilishga doir koʻplab nazariy maqolalar, ilmiy asarlar yozgan. Ikromov oʻz faoliyati davomida Oʻrta Osiyo byurosi va Markazning koʻrsatmalariga amal qilishga majbur boʻlgan. Oʻn sakkizlar guruqi, inogʻomovchilikka (q. Inogʻomov R.) qarshi gʻoyaviy kurash olib borgan (1925—27). Oʻzbekistonda yer-suv islohoti, majburiy jamoalashtirish (kollektivlashtirish), respublikada zamonaviy sanoat asoslarini qurish va b. tadbirlarga rahbarlik qilgan. Jadidlarni «burjua millatchiligi»da ayblagan.

Ikromov garchi bolshevistik gʻoyadan chekinmagan boʻlsa qam, mustabid tuzum qatagʻonchilari uni ayab oʻtirmagan. 1937-y. sent. da Toshkentda qamoqqa olindi. So-vetlarga qarshi «Oʻng troskiychi blok» deb atalgan ish boʻyicha Moskvada sud qilinib, sobiq SSSRni boʻlib yuborish, jumladan, undan Oʻrta Osiyo respublikalarini ajratib olish, davlat tuzumini agʻdarish, kapitalizmni, burjuaziya hokimiyatini tiklashda ayblan-di va otib tashlandi.

1957-y. 3-iyunda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi Ikromovni aybsiz deb topdi va u oklandi. Ikromov xotirasi abadiylashtirilib, Toshkent sh. dagi tumanga, Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari intiga, poytaxtdagi yirik koʻcha, mahalla va maktabga, Zangiota tumanidagi shirkat xoʻjaligiga uning nomi berilgan. Toshkent va Samarqandda haykali bor.

As: Izbrannыye trudы v tryox tomax [t. I — III], T..J972-1974.

Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-ki-tob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Ikramov K., Delo moyego otsa, M., 1991.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x