DEMIREL

DEMIREL Sulaymon (1924.1.11, Isparta viloyatining Islomkoy qishlogʻi) — Turkiyaning siyosat va davlat arbobi. Istanbul texnika un-tining qurilish f-tini tugatgan (1949). 1955—60 y. larda Turkiya suv xoʻjaligi davlat direksiyasi bosh mudiri. 1960—62 y. larda armiya safida. 1962—64 y. larda xususiy korxonada maslahatchi muhandis, Oʻrta sharq texnika un-tida oʻqituvchi. D. — «Adolat» partiyasining asoschilaridan biri. 1962-y. shu partiya bosh kengashi aʼzosi, 1963-y. dan partiya bosh raisi oʻrinbosari, 1964-y. dan bosh raisi. 1965—80 y. larda bir necha marta hukumatga boshchilik qildi. 1980-y. 12 sent. dagi harbiy toʻntarish natijasida bosh vazir lavozimidan chetlashtirildi. Demirel oʻng liberal «Toʻgʻri yoʻl» partiyasi tuzilishining gʻoyaviy ilhomchisi va sobiq siyosatchilarning siyosiy faoliyatini taqiqlash bekor qilingunga qadar mazkur partiyaning yashirin rahbari. 1987-y. 24 sent. dan «Toʻgʻri yoʻl» partiyasining bosh raisi, 1991-y. dan Turkiya bosh vaziri. 1993—2000-y. larda Turkiya Respublikasi prezidenti.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x