DEMOGRAFIYA

DEMOGRAFIYA (yun. demos — xalq va… grafiya) — har yili turli sabablarga koʻra vafot etgan aholi oʻrnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga toʻldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga boglik holda oʻrganadigan fan. D. ning paydo boʻlishi asosan 17-a. ning 2-yarmidan angliyalik olim J. Graunt (1620 — 1674) tadqiqotlari bilan bogʻlikdir. Demografiya terminini 1855-y. da fransuz olimi … Читать далее

IBN HANBAL

IBN HANBAL Ahmad Abu Abdulloh (780—Bagʻdod — 855) — ilohiyotchi olim, sunniylikdagi hanbaliylik mazhabining asoschisi va imomi. Otasi hurosonlik boʻlib, Ibn Hanbal tugilishidan bir oz avval oilasi bilan Bagʻdodga koʻchib oʻtgan. Ibn Hanbal oʻsmirligidanoq hadis va fiqhni oʻrgana boshladi, zamonasining yirik ulamolari, jumladan Abu Yusuf va ash-Shofiʼiylar bilan muloqotda boʻldi. 816—833-y. larda Bagʻdodda mu-darrislik qilib, … Читать далее

IQTISODIYOT NAZARIYASI

IQTISODIYOT NAZARIYASI — iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. I. n. xorij mamlakatlarida «Ekonomiks», «Ekonomika» va «Siyosiy iqtisod» nomlari b-n, MDH mamlakatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» nomi b-n yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqti-sodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. … Читать далее

IJTIMOIY HIMOYA

IJTIMOIY HIMOYA — keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi … Читать далее

IBN SINO

IBN SINO, Abu Ali alhusayn ibn Abdulloh ibn alhasan ibn Ali (980.8, Afshona qishlogʻi — 1037.18.6, Hamadon sh., Eron) — jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan oʻrtaosiyolik buyuk qomusiy olim. Gʻarbda Avitsenna nomi b-n mashhur. Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx sh. dan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga … Читать далее

KASTRO RUS

KASTRO RUS (Castro Rus) Fidel (1926.13.8, Oryente viloyatining Biran shaharchasi) — Kubaning davlat, siyosat va harbiy arbobi. Gavana un-tining yuridik f-tini tugatgan (1949). Huquq d-ri. 1950-y. lar boshida Kuba xalqi partiyasi («Ortodokslar»)ga kirgan. 1953-y. dan Kuba xalqining F. Batista diktaturasiga karshi kurashiga boshchilik qilgan. 1953-55 y. larda qamokda boʻlgan. 1955-y. Meksikaga ketgan. 1956-y. 2 dek. … Читать далее

BUTAN

BUTAN, Butan podsholigi (Pendal Druk Shung) — Jan. Osiyodagi, Himolay togʻlarining sharqiy qismidagi davlat. Mayd. 47 ming km2. Aholisi 2 mln. kishi (2000). Poytaxti — Thimphu sh. Maʼmuriy jihatdan 8 dzong (viloyat)ga boʻlingan. Davlat tuzumi. Butan — konstitutsiyali monarxiya. Davlat boshligʻi — podsho. Podsho huzurida 9 maslahatchidan iborat kengash bor. Qonun chiqaruvchi organ — bir … Читать далее

GANDAMAK SHARTNOMASI

GANDAMAK SHARTNOMASI — 1879-y. 26-mayda Kobul yaqinidagi Gandamak qishlogʻida Angliya bilan Afgʻoniston oʻrtasida tuzilgan tinchlik shartnomasi. Gandamak shartnomasini Afgʻoniston amiri Yoqubxon b-n Buyuk Britaniya hukumatining vakili Lui Kavanyari imzolagan. Gandamak shartnomasiga muvofiq, Afgʻoniston tashqi siyosat masalasida mustaqil harakat qilishdan mahrum boʻldi; hukumatning ichki siyosatini Britaniyaning Afgʻonistondagi elchisi belgilaydigan boʻlib qoldi. Bundan tashqari Qandahor shahri, Qurram, … Читать далее

VOLYUNTARIZM

VOLYUNTARIZM (lot. voluntas — iroda) — 1) irodani borliqning eng oliy koʻrinishi, tamoyili deb karovchi falsafiy oqim. V. taʼlimotida insonning irodasi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Qad. davr falsafasidagi akl-idrok, ratsionalizmdan farkli oʻrta asr falsafasida, mas., A. Avgustin taʼlimotida iroda birinchi oʻringa chiqddi. A. Shopengauer amaliy idrokni ilgari surgan Kant falsafasiga tayansa ham, lekin undan farqli ravishda … Читать далее

GIRKANIYA

GIRKANIYA (Avestoda — Vrakana, oʻrta asrlardagi nomi — Jurjon) — qad. tarixiy-madaniy viloyat. Kaspiy dengizining jan.-sharqiy sohilida, Eronning shim. da, Turkmanistonning jan.-gʻarbiy qismidajoylashgan. Girkaniya atamasi eroniycha wrk — boʻridan olingan boʻlishi ehtimol. Poytaxti — Gekatompil sh. Yunonrim yozma manbalarida Aleksandr yurishlaridan eʼtiboran bir necha bor qayd etilib, yovvoyi hayvonlar toʻlib toshgan mamlakat sifatida tavsiflanadi. Ammian … Читать далее