LYUIS Uilyam Artur

LYUIS Uilyam Artur (1925.23.1, Sent-Lyusiya oroli, Britaniya VestIndiyasi — 1991) — iqtisodchi olim, iktisodiyot dri (1940), Manchester unti prof. (1948); BMTning rivojlanayotgan mamlakatlar muammolari boʻyicha eksperti va BMT maxsus fondi ijrochi direktorining oʻrinbosari (1951 — 73); Prinston unti prof. (1968), Barbadosda Karib taraqqiyot banki prezidenti (1970—73).

Lyuisning ilmiy ishlari rivojlanayotgan mamlakatlarning davlat siyosati va iqtisodiyoti muammolariga bagʻishlangan. U rivojlanayotgan mamlakatlarning rivojlanib boruvchi zamonaviy sanoat va anʼanaviy agrar sektorlardan iborat «ikkiyoklama iktisodiyot» modelini («Lyuis modeli») yaratdi. Lyuis anʼanaviy agrar sektordan cheklanmagan resurelarni, ishchi kuchini jalb kilish orqali ishlov beruvchi sanoat va savdoning rivojlanishini, olingan foydaning reinvestitsiya qilinishini asoslab berdi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi isheizlik modelini taklif qildi (1954). Asosiy asarlari: «Iqtisodiy oʻsish nazariyasi» (1955), «Rivojlanishni rejalashtirish. Iktisodiy siyosat asoslari» (1966). Nobel mukofoti laureati (1979; T. U. Shuls bilan hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x