KARIMOV Islom Abdugʻaniyevich

KARIMOV Islom Abdugʻaniyevich (1938.30.1, Samarqand sh.) — yirik davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo politexnika in-ti (1960), Toshkent xalq xoʻjaligi in-tini (1967) tugatgan. Mehnat faoliyatini 1960-y. da Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi («Tashselmash») z-dida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng Mazkur korxonada master, texnolog. 1961-y. dan 1966-y. gacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya i. ch. birlashmasida muhandis,yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-y. da Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-y. dan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-y. dan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—89 y. larda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-y. iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-y. 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida K. Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

1991-y. 31 avg. da Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat . mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-y. 29 dek. da mukrbillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-y. 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-y. ga qadar uzaytirildi. 2000-y. 9 yanv. da u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89 – va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir.

K. Oʻzbekiston FA akad. (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat un-t va akademiyalarining faxriy fan doktori, prof. hamda akad. ligiga saylangan. Uning «Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli» (1992), «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang» (1993), «Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli» (1993), «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» (1994), «Istiqlol va maʼnaviyat» (1994), «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» (1995), «Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997), «Barkamol avlod orzusi» (1998), «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» (1998), «Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq» (1998), «Olloh qalbimizda, yuragimizda» (1999), «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz» (2000), «Tinchlik uchun kurashmoq kerak» (2001), «Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari» (2002) va b. asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiysiyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hoz. va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va b. xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.

Oʻbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻlaydi. U sobiq sovet tuzumidan keyin paydo boʻlgan beqaror, notinch davrda Oʻbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo kila oldi, xalqi oldiga millatni yuksaklarga koʻaradigan ulkan maqsad va vazifalar qoʻydi. K. Oʻbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy oʻzgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yoʻlini belgilab bergan atoqi davlat arbobidir. Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga toʻla javob beradigan Oʻbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir. U markaziy hokimiyat va uning joylardagi boʻgʻinlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini uygʻunlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Oʻzbekiston xalqining oʻziga xos xususiyatlari hamda ilgʻor jahon tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chikdi. Bu rivojlanish yoʻli iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, oʻtish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan iborat 5 tamoyilni oʻz ichiga oladi va u dunyoda «oʻbek modeli» deb eʼtirof etilgan. Karimov rahbarligi va bevosita ishtirokida Oʻbekistan turli-tuman «sakrash» lar, «falaj qilib davolash» lardan voz kechib, bozor iqtisodiyotiga oʻtishda oʻziga xos yoʻldan bordi va puxta oʻylangan dastur asosida mamlakat iqtisodiy poydevorini qura boshladi. Qisqa vaqt ichida mamlakat neft va neft mahsulotlari, gʻalla mustaqilligiga erishdi. Oʻzbekiston Respublikasida yuksak sifatli oltin va gaz qazib olish keskin darajada koʻpaydi, i. ch. ning yangi sohalari, mas, avtomobilsozlik sanoati barpo etildi. K. Oʻbekistan davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlari daxlsizligini himoya qilishga qodir qurolli kuchlar, chegara va ichki qoʻshinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. KPSS MK boshchiligidagi mustabid kuchlar Oʻzbekistonda adolatsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan yillarda oʻzbek nomini nohaq tahqir va haqoratlardan himoya qilish, xalqning or-nomusini, milliy gʻururini tiklashda fidoyilik namunasini koʻrsatdi.

Karimov jahon siyosat olamida hamisha ilgʻor fikrlarni ilgari suradigan, tashabbuskor, oʻz nuqtayi nazarini qatʼiy himoya qilib, oldiga qoʻyilgan maqsadga erisha oladigan shaxs sifatida tanilgan. U sobitqadamlik bilan tinchlik va hamjihatlik siyosatini yuritib kelmoqda. Karimov yuksak xalqaro uchrashuvlarda birinchilardan boʻlib 21-a. vabosi hisoblanmish terrorchilikka va u bilan chambarchas bogʻliq narkobiznesa qarshi faqat hamjihatliqda kurashish zarurligini, mazkur dahshatli tahdid manbalarini bartaraf etish va Markaziy Osiyo mintaqasida «xavfsizlik kamari»ni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini yaratish kerakligini taʼkidlab keldi. Xalqaro maydonda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, uning qad. boy madaniyati va bugungi ulkan salohiyatini dunyoga tanitishda buyuk xizmat qildi. Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻlib kirdi (1992-y., 2 mart), deyarli barcha nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy uyushmalarga qabul qilindi, 120 dan ortiq davlat b-n diplomatik aloqa oʻrnatdi, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Oʻzbekiston oʻzining tinchliksevar tashqi siyosati, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, mintaqa mamlakatlari oʻrtasida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, Orol dengizi muammolarini jahon hamjamiyati koʻmagida har tomonlama hal etishga qaratilgan bir qator tashabbuslari bilan xalqaro maydonda tanildi, oʻz nufuziga ega boʻldi. Jamiyatda maʼnaviy poklanish va yuksalishga erishish, eski aqidalardan xalos boʻlish, shu asosda milliy istiqlol gʻoyasini yaratish va hayotga tatbiq etish uchun maʼnaviy qadriyatlarga hurmatehtirom bilan munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, xalqqa oʻzining muqaddas dini, urfodatlarini qaytarib berish, tarixiy merosini tiklash, sogʻlom avlodni voyaga yetkazish vazifalarini Karimov yurtimizda davlat siyosati darajasiga koʻtardi. Karimovning 21-a. boʻsagʻasida oʻzbek millatining oʻzligini anglashi, uning qadrqimmatini joyiga qoʻyish, oʻzbek nomini butun dunyoga tarannum etishda qoʻshgan hissasi ayniqsa beqiyosdir. U odamlarning tafakkurini oʻzgartirish, ularning ongida yangi milliy gʻoya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash, kadrlar tayyorlash milliy dasturini yaratish va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi. Mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish, vakolat va hukuklarini kengaytirish, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish tizimi sifatida uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tashabbuskori boʻldi. Karimov yangi turar joylar qurish, shu jumladan, ulugʻ ajdodlarimizning qadam-jolarini obod qilish, iqtisodiy salohiyatni oshirishda katta oʻrin tutadigan yirik-yirik korxonalarni bunyod etish, shahar-qishloqlar, avvalambor, poytaxt Toshkentning shakl-qiyofasini tubdan oʻzgartirish ishlariga bevosita rahbarlik qilmoqda.

Karimov mustaqil Oʻzbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqdi, yorugʻ istiqbol yoʻlida xalqni birlashtirib, uni ulugʻ maqsadlar sari boshlab bormoqda.

Karimov suveren va mustaqil Oʻzbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni taʼminlash, tarixiy adolatni tiklash ishiga qoʻshgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat koʻrsatganligi uchun «Mustaqillik» (1996), Amir Temur (1998) ordenlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan.

Ac: Asarlar, 1-10-j. lar, T., 19962002.

Ad.: Eʼtirof [uzbek, ingliz, rus tillarida], T., 1995; Oʻzbekistonning yangi tari-xi, 3-j. [Mustaqil Oʻzbekiston tarixi], T., 2000; Islom Karimov — Uzbekistan Respublikasining birinchi Prezidenti (fotoalbom; uzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998; Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov — yangi Uzbekistan Prezidenti, T., 1996; Levitin L., Uzbekistan na istoricheskom povorote, M., 2001; Seriya Vojdi narodov — XX vek, M., 1996; Sharifxodjayev M., Formirovaniye otkrыtogo grajdanskogo obщyestva v Uzbekistane, T., 2002; Amerikaga tashrif — Vizit v Ameriku, T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x