PUERTO-RIKO

PUERTO-RIKO (Puerto Rico) , Puerto-Riko Hamdoʻstligi (Commonwelth of Puerto Rico) — Vest-Indiyada Katta Antil o. lari arxipelagining sharqiy qismidagi Puerto-Riko, Vyekes, Kulebra va Mona o. larida joylashgan AQSH mulki. Mayd. 8,9 ming km2. Axrlisi 3,95 mln. kishi (2002). Maʼmuriy jihatdan 78 munitsipal okrug (district)ra boʻlinadi. Maʼmuriy markazi — San-Xuan sh.

Davlat tuzumi. P.-R. AQSHga «erkin qoʻshilgan» davlat makrmiga ega. Amaldagi konstitutsiyasi 1952-y. 3-iyulda qabul qilingan va oʻsha yil 25-iyulda kuchga kirgan. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat AKSH kongressiga tegishli. Puertorikanlar rasman AQSH fuqarolari hisoblanadi, ammo AQSH prezi-denti saylovida katnashmaydi. Muxto-riyat doirasidagi qonun chiqaruvchi hoki-miyatni gubernator amalga oshiradi.

Tabiati. Puerto-Riko o. ning yer yuzasi togʻli. Gʻarbdan sharqqa Kordilyera-Sentral tizmasi choʻzilgan (eng baland joyi 1338 m). Shim. vajan. qirgʻogʻi pas-ttekislik. Marganes va temir ruda, tosh-tuz, marmar va b. konlar bor. Iqlimi tropik, passatli. Oʻrtacha oylik t-ra pa-sttekisliklarda 24—28°, togʻlarda bir-muncha salqinroq. Yillik yogʻin mikdori 800—2500 mm. Daryolari qisqa, joʻshqin, kema qatnamaydi. Shim. togʻ yon bagʻirlarida doim yashil va aralash oʻrmonlarning qoldiklari bor, jan. yon bagʻirlari butazor. Hayvonlar uncha koʻp emas, koʻrshapalak, sudralib yuruvchilar va mollyuskalar uchraydi.

Aholisining aksariyati — puertorikanlar (asosan, kreollar, mulatlar, negrlar), chet elliklar ham yashaydi. Rasmiy tillar — ispan va ingliz tillari. Dindorlari — katoliklar. Sha-har aholisi 71%. Yirik shaharlari: San-Xuan, Bayamon, Ponse.

Tarixi. P.-R. hududida 16-a. gacha turli indeys kabilalari yashagan. 15-a. oxiri va 16-a. boshlarida orolni ispan mustamlakachilari bosib olgan. 16-a. oʻrtalarigacha mahalliy xalq batamom qirib tashlanib, Afrikadan negr qullar keltirilgan. Angliya, Gollandiya, Fransiya davlatlari P.-R. ni egallash uchun koʻp urush olib borganlar. 17—19a. larda mustamlaka zulmiga qarshi bir necha marta xalq qoʻzgʻolonlari boʻldi. 1868-y. gi qoʻzgʻolondan soʻng Lores sh. da respublika eʼlon qilindi, qoʻzgʻolon shafqatsiz bostirildi. 1873-y. qulchilik bekor qilindi. 1898-y. Parij sulh shartnomasiga binoan, P.-R. dagi hoki-miyat Ispaniyadan AKSHga oʻtdi va u aslida AQSH mustamlakasiga aylandi. 1952-y. qabul qilingan konstitutsiyaga koʻra, P.-R. AQSHga «erkin qoʻshilgan» davlat maqomini oldi. 1998-y. 13 dek. da mamlakatning kelgusi maqomi masalasi yuzasidan plebissit oʻtkazildi. Aholining 50,2% hoz. maqom saqlanib qolishini yoklab chiqdi, 46,5% P.-R. ning AQSH tarkibiga 51-shtat boʻlib kirish gʻoyasini qoʻllab quvvatladi. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Xalq demokratiya partiyasi, 1938-y. asos solingan; Yangi taraqqiyparvar partiya, 1967-y. tuzilgan; P.-R. Kommu-nistik partiyasi, 1934-y. tashkil etilgan; P.-R. mustaqillik partiyasi, 1934-y. tuzila boshlagan va 1946-y. uzil-ke-sil shakllangan; P.-R. sotsialistik partiyasi, 1971-y. tashkil etilgan. P.-R. mehnatkashlari umumiy konfedera-siyasi, 1939-y. tuzilgan; P.-R. mexnatkashlari umumiy ittifoqi, 1948-y. asos solingan; P.-R. mehnatkashlari federatsiyasi, 1952-y. tuzilgan.

Xoʻjaligi konchilik sanoatiga va q. x. xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 39%, q. x. ulushi 1,4%ni tashkil etadi. Mehnatga layoqatli aholining 35% q. x. da band. Eksport uchun shakarqamish, kofe, banan, tamaki, sitrus mevalar, paxta va b. ekiladi. Ichki ehtiyoj uchun makkajoʻxori, dukkakli ekinlar va sholi yetishtiriladi. kramol, choʻchqa, ot va parranda boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Marganes va temir ruda, marmar, toshtuz qazib olinadi. Oziqovqat sanoati (ayniqsa, qand-shakar, vinochilik, meva kon-servalash, baliqni qayta ishlash va b. sohalar) rivojlangan. Elektrotexnika, elektron, kimyo, neftni qayta ishlash, sement, farmatsevtika, yengil sanoat (tikuvchilik, poyabzal, kashtachilik) korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 15,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Avtomobil yoʻllari uz. 9,3 ming km. Asosiy dengiz portlari: San-Xuan, Mayagues, Ponse. Chetga kimyo va radioelektron sanoati mahsulotlari, oziq-ovqat chiqaradi. Chetdan xom ashyo, mashina va uskunalar, keng isteʼmol mollari keltiradi. Tashki savdo aylanmasining 90% AQSHga toʻgʻri keladi. Yiliga 1,5 mln. sayyoh kelib ketadi. Pul birligi — AQSH dollari.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻqishi majburiy deb eʼlon qilingan. Umumiy taʼlim maktabidagi taʼlimning toʻla kursi — 12 y. (6 y. lik elementar, 3 y. lik kichik oʻrta va 3 y. lik katta oʻrta maktab). Darslar ispan tilida olib boriladi, ingliz tili barcha taʼlim bosqichlarida majburiy predmetdir. Davlatga qarashli umumiy taʼlim maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Oʻrta hunartexnika maktablari oʻrta maxsus maʼlumot beradi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: San-Xuan sh. dagi P.-R. un-ti (1903), Ponse sh. dagi Katolik un – t (1948) va b. Ilmiy muassasalari: Tropik oʻrmonchilik i. t. instituta, P.-R. atom energiyasi markazi, Ispan-Amerika leksikografiya in-ti, P.-R. madaniya-ti in-ti. Yirik ku-tubxonalari: P.-R. universiteti ku-tubxonasi, Muqad-das qalb un-ti ku-tubxonasi va b. Muze ylari: Kitob uyi muzeyi, Milliy gvardiya harbiy muzeyi, Nafis sanʼat muzeyi, Armiya va harbiy-dengiz flo-ti tarixi muzeyi, Kaparra xarobalari parki tarixi muzeyi, Rassomlik muzeyi, Tabiat tarixi muzeyi va b.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. P.-R. da bir qancha gaz. nashr etiladi. Asosiylari: «Vosero de Puerto-Riko» («Puerto-Riko jarchi-si», kundalik gaz., 1974-y. dan), «Nu-evo dia» («Yangi kun», kundalik gaz., 1970-y. dan), «San-Xuan star» («San-Xuan yulduzi»), ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1959-y. dan) «Karibian biznes» («Karib biznesi», ingliz tilidagi haftanoma, 1973-y. dan), «Klaridad» («Yorugʻlik», haf-tanoma, 1959-y. dan). Milliy axborot agentligi yoʻq. P.-R. radiostyalari uyushmasi 1947-y. da tuzilgan. Maorif vazirligi qaramogʻida notijorat radiostya va ikki telestya bor.

Adabiyoti ispan tilida. 16-a. da qirib yuborilgan mahalliy xalqning adabiyoti saqlanmagan. Kreollar va keltirilgan qul negrlarning ogʻzaki ijodi 19-a. gacha mavjud boʻlgan. Yozma adabiyot 19-a. dagina vujudga keldi va romantizm oqimida rivojlana boshla-di (S. Vidarte, A. Tapiyai-Revera, E. M. de Ostos). 19-a. oxirida S. Brau, M. Fernandes Xun-kos, M. Seno Gan-diya, M. Gonsales Garsianing realistik nasriy asarlari nashr etildi. 20-a. boshlarida P.-R. «modernizmi» (L. Lyorens-Torres va b.) vujudga kelib, milliy mu-staqillik va oʻziga xos adabiyot uchun kurash tamoyilini rivojlantirdi. 30-y. lar adabiyoti mamlakat hayotidagi oʻtkir ijtimoiy muammolarni koʻtardi. 70—90-y. larda Puerto-riko. Soto romanlari, R. Markes pyesalari, F. Matos Paoli sheʼriyati, shoiralardan Laura Galyegos, Lolita Lebron asarlari ijtimoiy muammolarni teran ochib berdi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Kad. gʻorlardagi tasvirlar, koʻhna tosh va yogʻoch oʻymakorligi namunalari saqlangan. 16—20-a. larda ispan meʼmorligi uslubida binolar qurildi. 1940-y. lardan turar joylar temir-betondan qurila boshladi. 1950-y. da P.-R. sanʼati markazi tashkil topdi. F. Tu-finyo, L. Omar, K. R. Rivera kabi rassomlar xalq turmushini haqqoniy aks ettirib, shuhrat qozongan.

Teatri. 1892-y. San-Xuanda birinchi doimiy teatr — «Kolisso publiko» tashkil etildi. 1935-y. E. Belaval uyushtirgan «Areyto» truppasi teatrda indeys-ispan anʼanalarini davom ettirishga harakat qildi. Uning faoliyatini Un-t teatri davom ettirdi. F. Ar-rivi, E. Lagerre, F. Syerra Berdesia pyesalari sahnalashtirildi. 1958-y. dan teatr festivallari oʻtkaziladi. SanXu-anda «Tapiya», «La perla», «Ateneo», «Alta essena», Un-t teatrlari ishlaydi. Taniqli rej. va aktyorlari: A. Rod-riges, X. Marrero, P. Kabrera, P. Nasario, P. Arenas va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x