PERSEPOL

PERSEPOL, Persipolis, Taxti Jamshid — Sheroz sh. (Eron)dan 50 km shim.-sharqda joylashgan qad. shahar. Mil. av. 6-a. oxirida barpo etilgan Axomaniylar davlatining poytaxt shaharlaridan biri. Mil. av. 330-y. Aleksandr (Iskandar) tomo-nidan bosib olinib, yondirilgan va shahar tashlandiq holga kelgan. Persepolda asosiy qazishma ishlari 20-a. ning 30-y. laridan olib borilgan. Togʻ etagida bunyod etilgan mahobatli meʼmoriy-haykaltaroshlik majmui (mil. av. taxm. 520—450-y. lar) atrofi ham gʻishtdan qurilgan 2 qatorli devor b-n oʻralgan; tantanalar oʻtkazilgan zal — apadana, Doro va Kserksning tosh relyeflar bi-tilgan saroylari, haramxona binosi, Jahon darvozasi, Shoh zali («Yuz us-tunli») xarobalari aniklangan. Axomaniy podshoxlarining bitiklari va elam tilida yozilgan minglab sopol parchalari topilgan. Persepolning gʻarb tomo-nida katta otashgohning qoldiklari saqlangan. Persepol saroyi qabulgohidan Ara-biston, Turon, Hindiston, Habashistondan kelgan elchilar, sarbozlar, savdogarlar, xunarmandlarning yuzlab su-ratlari toshga oʻyib tasvirlangan, yozuvlarda ifodalangan.

Hamidjon Homidov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x