MUSO

MUSO — Qurʼonda tilga olingan pay-gʻambarlardan biri. Qad. yahudiy manbalarida Moshe, xristian manbalarida Moisey nomi bilan maʼlum. Yahudiylikka eʼtiqod qiluvchilar Musoni iudaizm asoschisi deb hisoblaydilar. Qurʼonning bir necha suralarida Musoning nomi qayd etilgan. Baʼzi rivoyatlarda Muso «Bani Isroil» qabilasida tugʻilishi, Misr podshohi (firʼavn)ning taxtdan ketishiga sababchi boʻlishi, taqdir taqozosi bilan Misrdan qochib ketishi va arab qiziga uylanganligi aytiladi. Xudo M. ni Isroil qabilasini Firʼ-avn zulmidan ozod qilib, Misrdan olib chiqib ketishga daʼvat qiladi. Unga Sino togʻida «10 vasiyat» tosh la-vhasini takdim etadi. Muso qoʻlidagi tayo-qning ilonga aylanishi, choʻntagidan qoʻlini chiqarganda oyna kabi yaltirab koʻzlarni qamashtirishi kabi moʻjizalarga ega boʻlgan. Unga Tavrot nozil etilgan. Musoni yahudiylar, musulmonlar, xristianlar paygʻambar deb hisoblaydilar.

Ad.: Paygʻambarlar qissasi, T., 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x