MUNDIGAK

MUNDIGAKQandahor sh. (Afgʻoniston)dan 55 km shim.-gʻarbdagi eneolit, jez va ilk temir davriga oid qaror-goh qoldigʻi. Fransuz ekspeditsiyasi tomonidan kavlangan (1951—58). Mundigakning yuqori qatlamidan terrakotadan yasalgan haykalchalar va tosh muhrlar, oʻrta qatlam (mil. av. 3ming yillik oʻrtalari) dan mis va jezdan yasalgan quyma idishlar, jamoa uchun moʻljallangan dafn xonalari topilgan. Quyi qatlamlardan (4ming yillik oxiri) oʻtroq aholi yashagan turar joy qoldiklari va kulolchilik charxida tayyorlangan guldor sopol idishlar (Eron sopol idishlariga oʻxshash) topilgan. 3ming yillik oxiri va 2-ming yillik boshlarida mahalliy madaniyat gullab yashnagan. Hashamatli meʼmoriy yodgorlik (eqrom, maxalliy hukmdorning qaror-gohi) va tosh haykallar topilgan. To-pilmalardan Mundigakda yashagan qabilalar Shim. Balujiston (Kvetta madaniyati), Oʻrta Osiyo (Qoratepa), Eron (Hisor) va Hindiston (Xarappa madaniyati) xalqlari bilan madaniy aloqada boʻlganligini koʻrsatadi. Mil. av. 2-ming yillikda Mundigak inqirozga uchragan (turar joylar kamaygan, sopol idishlar qoʻlda yasalgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x