MINERALOGIYA

MINERALOGIYA (mineral… va…logiya) — minerallar haqidagi fan; minerallar, ularning tarkibi, xossalari, fizik tuzilishi (strukturasi) ning morfologiyasi va krnuniyatlari, shuningdek, tabiatda hosil boʻlish jara-yonlari va oʻzgarish sharoitlarini hamda sunʼiy yoʻl bilan (sintez) olish va amalda foydalanish yoʻllarini oʻrganadi. Mineralogiyaning asosiy vazifasi — foydali qazilma konlarini qidirish va baholash, xom ashyoni amaliyotda qoʻllash uchun boyitishning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat. Mineralogiyadan 19-a. da kristallografiya va petrografiya, 20-a. boshlarida foydali qazilmalar haqida taʼlimot, geokimyo, soʻngra kristallokimyo ajralib chiqpi. Mineralogiya hoz. zamon fizikasi, kimyosi qonuniyatlaridan keng foydalanadi.

Mineralogiyani urganishniig asosiy yoʻnalishlari. Tavsifiy Mineralogiyaning asosiy vazifasi minerallarning sistematikasi masallari; morfologiyasi, konstitutsiyasi, fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, geografik tarqalishi haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirishdan iborat. Tavsifiy Mineralogiyada hoz. vaq-tda minerallar fizikasi eng muhim boʻlimni tashkil etadi.

Genetik Mineralogiya muayyan mineral turi va minerallar assotsiatsiyasi — foydali qazilma konlarini hosil boʻlishiga sabab boʻlgan sharoit, qonuniyat va jarayonlarni aniqlaydi; minerallarning hosil boʻlish jarayonini tavsiflovchi fizikkimyoviy oʻlchamlari (tra, bosim, mineral hosil boʻluvchi muhitning kimyosi) ni belgilaydi. Genetik Mineralogiya minerallar tipomorfizmi haqidagi taʼlimotni; ontogenetik va kristallomorfologik taxlilni; qattiq va gazsuyuklik kiritmalarni ta-dqiq qilish va b. ni oʻz ichiga oladi.

Eksperimental Mineralogiya tabiatda minerallarning vujudga kelish sharoitlarini aniqlash maqsadida tabiiy jarayonlarni modellashtirish va fizikkimyoviy sistemalarni urganish bilan shugʻullanadi. Minerallarni (olmos, pyezokvars kristallari, optik flyuorit, laʼl, granat va b.) sintez qilish ham shu sohaga yaqin turadi.

Amaliy va texnik-iqtisodiy Mineralogiya mineral xom ashyodan kompleks foydalanishga qrragilgan va undan olinadigan foydali qismlarini koʻpaytirish uchun yangi mineral turlarini mineralogik tadqiq qilib, sanoatda foydalanish muammolari bilan shug-ullanadi; minerallarning texnologik xususiyatlari ularning tarkibi va strukturasiga bogʻliqligini, rudani boyitish jarayonida minerallarning uzgarishi, erishi va b. ni oʻrganadi, qidirishning maxsus mineralogik metodlarini ishlab chikadi.

Regional Mineralogiya mineral va ular as sotsiatsiyalarining taqsimlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida muayyan hududlar va ruda provinsiyasining mineralogik oʻrganishni umumlashtiradi.

Kosmik jismlar Mineralogiyasi Oy jinslaridan namunalar olingandan keyingina rivojlandi. Shuningdek, meteoritlarning mineral tarkibini oʻrganish ham katta ahamiyatga ega.

Bu yoʻnalishlarning birortasi minerallarni tadqiq qilishning yangi metodlarni yaratmay va mavjudlarini takomillashtirmay turib Samara bermaydi.

Tarixi. Mineralogiya odamlarning amaliy ehti-yojidan kelib chiqqan holda juda qadimda vujudga kelgan. Oʻsha davrlarda toshdan keng koʻlamda foydalanilgan. Dastlabki maʼlumotlar qad. hind diniy kitoblari va dostonlari, mil. av. 4—2a. larda yashagan yunon olimi Teofrastning «Toshlar haqida» va Katta Pliniy asarlarida berilgan. Oʻrta ayerda Sharkda Mineralogiyaga Abu Ali ibn Sino, Al-Kindi, Abu Rayhon Beruniy, Jobir ibn Xayyom, Roziy, Mahmud ibn Vali, Muhammad ibn Mansur va b. hissa qoʻshgan. Beruniy «Kitob aljamohir fi maʼrifat aljavohir» («Qimmatbaho toshlarni bilib olish boʻyicha maʼlumotlar toʻplami» — qisqacha «Mineralogiya») asarida 300 dan ziyod mineral va ular turlarining xususiyati, qoʻllanishi, vujudga kelish sharoitlari, rangi, qattikligi va zichligini taʼriflaydi. Mahmud ibn Vali ham «Bahr ul-asror» («Sirlar dengizi») asarida (17-a. ning 1-yarmi) Mineralogiya rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. Bu asarlarda qimmatbaho metall va minerallarning sifatini tekshirish usullari haqida maʼlumotlar bor.

Konchilikning Yevropada (6—13-a. lar) rivojlanishi (temir, qalay, muskovit, tosh tuzi, kahrabo, kumush va b. ni qazib olish) rudalarni oʻrganishga turtki boʻldi. 13-a. da Yevropada mineral haqida maxsus risola yozildi. Pekin u vaqtda mineral, togʻ jinslari va rudalar oʻzaro farq qilinmagan, ularning tasnifi juda sodda boʻlgan. Mineralogiyani oʻrganish alkimyo bilan bogʻliqholda olib borilgan. M. Uygʻonish davridan boshlab fan sifatida shakllandi. G. Agrikola «Konchilik va metallurgiya» asarida (1550) birinchi marta mineralni togʻ jinsidan aniq farkladi, dastlabki tasnifni qoʻlladi. «Mineralogiya» termini fanga italyan tabiatshunosi Bernard Seziy tomonidan 1636-y. da kiritilgan. 17-a. da Yevropada kristallarning geometrik qonunlari va ularning optik xususiyatlari oʻrganildi. Kristallarning kirrali burchaklarini tadqiq qilish Mineralogiya va kristallografiya rivojiga katta hissa qoʻshdi. Rus olimi Mineralogiya Lomonosov minerallarning asosiy belgisi sifatida uning kimyoviy tarkibini olgan. 19-a. da mi-nerallarning tarkibi va fizik xossalarini oʻrganish natijasida izomorfizm va polimorfizm tushunchalari paydo boʻldi. 19-a. oxirida turli xom ashyoga boʻlgan ehtiyojning kuchayishi bilan tavsifiy Mineralogiyaning eski usullari talabga javob bermay qoʻydi. Mineralogiyaga rus olimlaridan V. V. Dokuchayev, A. S. Fyodorov, V. I. Vernadskiy, A. Ye. Fersman, D. S. Korjinskiy, shveysariyalik P. Niggli, amerikalik N. L. Bouen, gollandiyalik Ya. X. Vant-Goff va b. salmokdi hissa qoʻshdilar. Oʻzbekistonda Mineralogiyani oʻrganish va mineralog kadrlar tayyorlash 20-a. ning 20-y. laridan boshlangan. Bir qancha minerallarning toʻliq tasnifi berildi. Toshkentda yangi mineralogikgeokimyoviy yoʻnalish vujudga keldi. Hoz. Oʻzbekiston milliy unti geologiya f-tida, Tosh-TU ning konchilik-geologiya f-tida, Oʻzbekiston FA H. M. Abdullayev nomidagi Geol. va geofizika in-tida, Oʻzbekiston Geol. va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi Mineral resurslar in-tida mineralogik, geokimyoviy tadqiqotlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston hududidan jahonda ilgari nomaʼlum boʻlgan yangi minerallar topildi.

Ad.: Betextin A. G., Mineralogiya kursi, T., 1969; Uklonskiy A. S, Mineralogiya. Mineralogiya, 1940; Grigoryev D. P., Ontogenez mineralov, Lvov, 1961.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x