PULEMYOT

PULEMYOT (rus. pulya — oʻq va metat — otish) — dushmanning yer, havo va suvdagi nishonlarini shikastlash uchun ishlatiladigan tezotar avtomatik qurol. Tuzilishi va vazifasiga koʻra: stanokli, koʻl, tank, zenit, aviatsiya va rota P. lari, stvolining diametri boʻyicha asosiy kalibrli (6,5 — 8,0 mm) va yirik kalibrli (12,7—15 mm) xillarga boʻlinadi. Stanokli Pulemyot 2000 — 2800 m gacha masofadan yerdagi nishonlarni va 500 m gacha masofadan havodagi nishonlarni shikastlaydi. Stanokli Pulemyot minutiga 250 — 700 oʻq uzadi, ogʻirligi 40—41 kg. Bu P. dan otishda ikki kishi ishtirok etadi. Zenit P. i havodagi nishonlarni (500 m gacha masofada) otish uchun moʻljallangan. Bu P. yirik kalibrli boʻlib, tank, bronetransportyor, kema va b. ga oʻrnatiladi. Nishonni 1830—3500 m dan shikastlaydi. Tank P. i tankka oʻrnatila-di: dushmanga tank toʻpi bilan birgalikda yoki alohida talafot yetkazish uchun moʻljallangan. Aviatsiya Pulemyoti, odatda, samolyot va vertolyotlarga oʻrnatila-di; dushman samolyotini, parashyutchilarini hamda yerdagi nishonlarni otish uchun qoʻllaniladi. Qoʻl P. dushmanning jonli kuchlari va oʻt ochish vosi-talarini shikastlash uchun moʻljallangan; 1500—1830 m gacha masofadagi nishonni aniquradi. Qoʻl Pulemyot idan past uchuvchi samolyotlarga qarshi otishda xam foydalanish mumkin. Qoʻl Pulemyot ining jangovar oʻq uzish tezligi minutiga 150—600 oʻq, ogʻirligi 10 — 16,25 kg. Uni bir kishi ishlata oladi. Rota Pulemyoti 1000 m gacha masofadagi ochiq gruppa-viy va yolgʻiz nishonlarni shikastlash uchun qoʻllaniladi. Jangovar otish tezligi minutiga 250 oʻq. Pulemyotlar magazinli va lentali turlarga boʻlinadi. Pulemyot bilan piyoda askarlar, tank, aviatsiya va b. harbiy boʻlinmalar qurollantiriladi. Birinchi Pulemyotni amerika ixtirochisi X. S. Maksim 1883-y. ixtiro qilgan. Hozir koʻp mamlakatlarning qoʻshinlarida rus ixtirochilari V. A. Degtarev va M. T. Kalashnikov Pulemyot laridan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x