MILLATCHILIK

MILLATCHILIKmillat ayirish; oʻz millatining haqhuquklarini boshqa millatlar haqhuquqidan yuqori qoʻyish, oʻz ehtiyojlari va manfaatlarini oʻylab, boshqa millatning yoki boshqa xalqlar vakillarining ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand qilmaslik. Millatchilik milliy biqiklik, millat-parastlikka asoslanib, milliy nizo, ixtiloflarga sababchi boʻladi, jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin. «Millatchilik» va «ta-jovuzkor Millatchilik» tushunchalarini farqlash lozim. Millatchilik oʻz millatining manfaatlarini yuqori qoʻyishga intilish orqali bir millatni bilibbilmay ulugʻlab, bu bilan milliy totuvlikka xavf tugʻdirsa, tajovuzkor Millatchilik jamiyatdagi hamjihatlikka ochikdanochiq qarshi chiqadi. Millatchilik ayrim soxta millatparvarlik gʻoyalariga tayanib, milliy oʻzligini anglash bilan bogʻliq milliy til, milliy ruhiyat, milliy ong, milliy gʻurur, milliymaʼnaviy qadriyatlar va sh. k. ni qurol qilib oladi. Aslida Millatchilikda milliy oʻzligini anglash yotdir. Chunki milliy oʻzligini anglash oʻz milliy xususiyatlari va oʻziga xoslikni tan olish bilan birga boshqa millatlarga xos barcha fazilatlar va qadriyatlarni ham eʼtirof etish va ulardan foydalanishni taqozo qiladi. Millatchilikning siyosiy tusda namoyon boʻlishi salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi, davlat va millatning xavfeizligigagina emas, ayni vaqtda mintaqaviy, keng koʻlamli xavfeizlikka tahdid soluvchi kuchga aylanadi. Tajovuzkor Millatchilik shovinizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, irqchilik, fashizm gʻoyalari b-n uzviy bogʻliqdir. Demokratik jamiyatda bunday Millatchilik koʻrinishlariga yul qoʻyilmaydi.

Koʻp millatli davlatlar jumlasiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasida oʻzbeklar bilan bir katorda uz madaniyati va anʼanalariga ega bulgan 100 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Ularning mamlakat aholisi umumiy tarkibidagi ulushi 20 foizdan ortiqrokdir. Bunday sharoitda bir xalqni boshqasiga qarama-qarshi qoʻyish, milliy ustunlik qilish yoʻlidagi har qanday urinishlarning oldini olish muhimdir. Shuning uchun ham mamlakat Konstitutsiyasida «Oʻzbekiston Respublikasi oʻz xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari xurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi», deb yozib qoʻyilgan.

Ibodulla Ergashev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x