MIS SULFAT

MIS SULFAT, mis kuporosi, toʻtiyoyi, CuSO4 — tiniq kristall modda. Suyuklanish t-rasi 200°, zichligi 3,603 g/ sm3. Kizdirilganda (650° atrofida) parchalanadi: CuSO4= CuO+SO2+ʻ/2O2. Suvda yaxshi eriydi. Suvli eritmalaridan CuSO45H2O — mis kuporosi kristallanadi (rangi och koʻk), u 105° dan yuqori t-rada ikki molekula suv yoʻqotib CuSO43H2O (zan-gori rang)ga, 150° da monogidrat CuSO4H2O ga aylanadi. 250° da butunlay suvsizlanadi. Tabiatda xalkantit CuSO45H2O minerali holida uchraydi. Mineral boʻyoklar tayyorlashda, q. x. da zararkunandalarga va oʻsimlik kasalliklariga qarshi kurashishda, koʻnchilikda, galvanik elementlarda ishlatiladi. Mis (1)sulfat Cu2SO4 ham maʼlum. Och kulrang kristall, zichligi 3,605 g/sm3. 200» dan yuqorida CuO va CuSO4 gacha oksidlanadi. Suvli eritmada Si va CuSO4 ga parchalanadi. Kuchli qaytaruvchi; Cu2O b-n (CH3)2SO4hh oʻzaro taʼsir ettirib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x