MIDIYA

MIDIYAEron togʻligining shim.-gʻarbiy qismidagi tarixiy viloyat; qadimda qabilalar ittifoqi nomi, soʻngra poytaxti Ekbatona (hoz. Hamadon) boʻlgan podsholik (mil. av. 7-a. 70-y. lari — 6-a. oʻrtalari). Dastlab Midiya liklar mil. av. 9-a. ning 2-yarmiga oid ossuriy yilnomalarida qayd etilgan. Aftidan, qabila ittifoqi mahalliy tub qabilalar uyushmasidan tashkil topgan; biroqmil. av. 9—8-a. dayoqyangi qabilalar kelishi bilan bu ittifoqda Midiya dagi forsiyzabon qabilalar ustunlik qila boshlagan. Midiya liklar 9—8-a. larda harbiy demokratiya sharoitida yashaganlar. Bu ibtidoiy jamiyatdan ilk qulchilikka oʻtish davri edi. Jamiyatning iqtisodiy asosini dehqonchilik va chorvachilik (ayniqsa, yilqichilik) tashkil qilgan, shuningdek, hunarman-dchilik turlari ham taraqqiy etgan. Mil. av. 9—8-a. larda Midiya liklar ularning bir qism yerlarini bosib olgan Ossuriyaga qarshi ayovsiz kurash olib borganlar. Ossuriya asoratidan xalos boʻlgach, Gerodotning maʼlumotiga koʻra, Midiya podsholigi barpo etilib uning birinchi podshosi Deyok (mil. av. 727—675) boʻlgan. Ossuriy manbalariga koʻra, esa, Midiya podsholigi mil. av. 7-a. ning 70-y. larida vujudga kelgan, bunda Ossuriyaga qarshi kurashda Midiya liklarni kelgindi qabilalar — kimmeriylar va skiflar qoʻllab-quvvatlashgan. Kiaksar M. ning eng buyuk podshosi boʻlgan. Uning davri (625/4 — 584)da harbiy islohot oʻtkazilib, qabilalardan toʻplanadigan qoʻshin oʻrniga muntazam qoʻshin barpo etilgan. Midiya kichik bir podsholikdan qad. Sharqning qudratli saltanatiga aylangan. Qisqa vaqt ichida M. Manani egallab, Bobil bilan ittifoqlikda Ossuriya davlatini tormor etgan, Urartu va b. ni bosib olgan. Midiya saltanatining hududi Gʻarbda — Galis daryosi (hoz. Kizil irmoq), Sharqsa — Oʻrta Osiyo va ehtimol Afgʻonistonni qamrab olgan. Mil. av. 6-a. oʻrtalarida Midiyada ichki siyosiy vaziyat keskinlashgan. Mil. av. 550-y. da Midiya forslar tomonidan bosib olinib, satrapiya sifatida Axomaniylar davlati tarkibiga kiritilgan. Mustaqil Midiya davlati faqat mil. av. 4-a. ning soʻnggi choragida, sobiq Midiyaning bir qismida, Jan. Ozarbayjon (ilgarigi Mana)da tiklangan. U keyinchalik Midiya yoxud Kichik Midiya, M. Atropatenasi, Atropatena deb atala boshlagan.

Midiya qad. davrning siyosiy, iqtisodiy va madaniy tarixida muhim oʻrin egallagan. Midiyada zardushtiylik keng tarqalgan. Atropatenadagi Midiya liklarning bir qismi mahalliy kutiy — lullu-bey va manney — matiyen qabilalari bilan aralashib kdd. Ozarbayjon (ozariy) xalqining etnogenezida muhim rol oʻynagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x