MIS QOTISHMALARI

MIS QOTISHMALARImis asosidagi qotishmalar. Inson yaratgan birinchi metall qotishma (q. Jez davri). Bronza, jez va asosiy legirlovchi elementa nikel boʻlgan misnikel qotishmalari (q. Melxior) M. q. jumlasiga kiradi. Mis qotishmalari quyma, deformatsiyalanadigan va kukunsimon xillarga boʻlinadi. Quyma Mis qotishmalari suyuqlanganda oquvchan boʻladi, qotganda uncha kirishmaydi. Deformatsiyalanadigan Mis qotishmalari issiqlayin yoki sovuqlayin bosim bilan yaxshi ishlanadi. Kukunsimon Mis qotishmalari kukunsimon materillar jumlasiga kiradi (q. Kukun metallurgiyasi). M. q. antifriksion (ishqalanishga qarshi), issiqbardosh, konstruksion, korroziyabardosh (zanglashga qarshi), prujinabop va elektrotexnika materiallari sifatida keng qoʻllanadi. Bular asbobsozlik, mashinasozlik, aviatsiya va kemasozlikda, suv-bugʻ armaturasi, badiiy buyumlar, idishtovoklar yasash va b. sohalarda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x