MOZANDARON

MOZANDARON — Erondagi tarixiy viloyat. Gilon bilan Xuroson oraligida. Hoz. maʼmuriy boʻlinish boʻyicha oston (viloyat). 9—12-a. manbalarida Tabariston nomi bilan maʼlum. 13-a. dan esa Mozandaron deb atalgan. Sosoniylar davrida mustaqil hokimlik boʻlgan; keyinchalik arablar, somoniylar, saljuqiylar, moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtgan, ammo hokimiyatni mahalliy hokimlar boshqargan. Mozandaronni 14-a. oxirida Amir Temur qoʻshinlari egallagan. 16a. boshida Mozandaron yana mahalliy hukmdorlar koʻliga oʻtgan. Abbos I davrida Mozandaronda mahalliy sulola tugatilib, Mozandaron Safaviylar davlatiga qoʻshilgan. 1920—21 y. larda Mozandaron dademokratik harakatlar avj olgan. 1946—51 y. lari M. ning ayrim shaharlari (Bobil, Sari)da Angliya-Eron neft kom-paniyasiga qarshi ommaviy miting va namoyishlar boʻlib oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x