MARATHALAR DAVLATI

MARATHALAR DAVLATI — 17-a. ning 2-yarmi va 19-a. boshida Maharashtra (Hindiston)da mavjud boʻlgan davlat. Maharashtraning aholisi musulmon yer egalari tomonidan gʻoyat jabrlangan. Ular shu bois boburiylar hukmronligiga qarshi ozodlik harakatlari boshlagan. Bu qoʻzgʻolonga Shoxji, soʻngra uning oʻgʻli Shivaji boshchilik kilgan. 1674-y. da mustaqil Marathalar davlati tuzilgan. Marathalar davlatini markazlashtirish maqsadida bir necha maʼmuriy islohot oʻtkazilgan, yirik yer egalarining yerlari musodara qilingan, dehqonlardan qatʼiy soliq (hosilning 30—40%) undirish qonunlashtirilgan. Shivaji bilan boburiy podsho Avrangzeb oʻrtasidagi urushlar bir necha yil davom etgan. Shivajining oʻlimidan soʻng (1680) Marathalar davlatiga putur yeta boshlagan. Avrangzeb 1689-y. da Maharashtra qoʻshinlarini tormor etib, Shivajining oʻgʻlini qatl etgan. 1714-y. da marath yer egalaridan Balaji Vishvanath Bxat taxtga oʻtirgan va peshvolar sulolasiga asos solgan. Shundan boshlab Marathalar davlatida hokimiyat rasmiy ravishda peshvo (bosh vazir)larga meros qoladigan boʻlgan. Ularning qarorgohi Puna sh. boʻlgan. Keyingi peshvo Baji Rao davri (1721—40) da marathalar Dekan va Shim. Hindistonning katta qismini egallaganlar. 1758-y. marathalar boburiylar poytaxti — Dexlini zabt etishgan. 1761-y. Nyanv. da Panipatdagi jangda marathalar (S. Bxau boshchiligida) afgʻonlardan (Ahmadshoh Durroniy qoʻmondonligida) magʻlubiyatga uchragach, ittifoq tarqab ketgan. Shundan soʻng oʻzaro ichki kurash kuchaygan. Bundan foydalangan inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasi Marathalar davlatini bosib olgan (1818).

Ad:. Novaya istoriya Indii, Marathalar davlati 1961; Gʻiyosov T. Gʻ., Hindistonning yangi tarixi, T., 1999.

Temur Gʻiyosov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x