MANAPLAR

MANAPLAR — qirgʻiz qabilalari urugʻ zodagonlari (biylar, harbiy boshliqlar va b.). 19-a. boshidan Manaplarning imti-yozlari meros boʻlib qoladigan boʻlgan. Ular ogʻa M. va ularga tobe boʻlgan kichik (chala) Manaplarga boʻlingan. Manaplar koʻplab qoramol, keng yaylov va b. ga ega boʻlishgan. Chor xukumati Qirgʻizistonni bosib olgandan soʻng, Manaplar uning ishonchli tayanchiga aylangan. 1919—24 y. larda shoʻro hukumatiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonlarda faol qatnashganlar. Manap unvoni 20-y. larning oxirida bekor qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x