MOZANDARON

MOZANDARON — Erondagi tarixiy viloyat. Gilon bilan Xuroson oraligida. Hoz. maʼmuriy boʻlinish boʻyicha oston (viloyat). 9—12-a. manbalarida Tabariston nomi bilan maʼlum. 13-a. dan esa Mozandaron deb atalgan. Sosoniylar davrida mustaqil hokimlik boʻlgan; keyinchalik arablar, somoniylar, saljuqiylar, moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtgan, ammo hokimiyatni mahalliy hokimlar boshqargan. Mozandaronni 14-a. oxirida Amir Temur qoʻshinlari egallagan. 16a. boshida Mozandaron … Читать далее

MIROB

MIROB — suv taqsimoti va sugʻorish tarmoqlarini nazorat qiluvchi shaxs. Qadimdan Oʻrta Osiyoda dare vodiylari va dehqonchilik vohalarida sugʻorish tarmoqlarining bosh toʻgʻonlarini tiklash, sohillar boʻylab dambalar oʻrnatish, sugʻorish tarmoqlarini loyqadan tozalash, suvni navbat bilan taqsimlash, ortiqcha suv va zaxoblarni zaxkashlar orqali partovlarga chikarib yuborish kabi barcha suv xoʻjaligi ishlari irrigatsiya va melioratsiyani yaxshi bilgan tajribali … Читать далее

MEN QOʻLTIGʻI

MEN QOʻLTIGʻI — Atlantika okeanidagi qoʻltiq, AQSH va Kanadaning sharqiy qirgʻoklaRiDa – Shim.sharqda Yangi Shotlandiya va jan.-gʻarbda Keyp-Kod ya. o. lari bilan chegaralangan. Mayd. 95 ming km2. Chuq. 227 m. Shim.sharqida Fandi qoʻltigʻi boʻlib, bu yerda suv koʻtarilishi 18 m gacha (dunyoda eng yuqori). Asosiy portlari: Boston va Portlend (AQSH), Sent-Jon (Kanada). Пост Навигацияси

MUHYI

MUHYI (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Rizo Oxund oʻgʻli) (1835, Qandahor, Afgʻoniston — 1911, Andi-jon) — shoir. Turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Hirot va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Muhyi 19-a. ning 60-y. lari oʻrtalarida Andijon sh. da yashagan. Andijon hokimi — Xudoyorxonning katta oʻgʻli Nasriddinbek (1865 — 75) Muhyiga «Toj ush-shuaro» («Shoirlar toji», 1869) faxriy … Читать далее

MUZAFFARIYLAR DAVLATI

MUZAFFARIYLAR DAVLATI — 14 a. ning 40—50-y. lari boshida Eronda mavjud boʻlgan davlat. Hulokuiylar davlatinnng inqirozidan keyin vujudga kelgan. Unga moʻgʻullarning Yazddagi no-ibi Muboriziddin Muhammad ibn Muzaffar (Elxoniylarning Yazddagi noibi) asos solgan. U Erondagi moʻgʻul davlatining tanazzulga uchraganidan foydalanib, Kermon (1340), Fors (1353) va Isfahon (1356)ni oʻz davlatiga qoʻshib olgan. Amir Temur 1393-y. da Jan. … Читать далее

MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI

MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI, kimyoviy elementlar davriy sistemasi — D. I. Mendeleyevning oʻzi kashf etgan davriy qonun asosida tuzgan elementlar davriy sistemasi, davriy qonunning grafik ifodasi. Mendeleyev davriy sistemasi mavjud elementlarning hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular oʻrtasida obyektiv qonuniy aloqa borligini koʻrsatadi va hali maʼlum boʻlmagan elementlarni, ularning xossalarini oldindan aytishga imkon beradi. Mendeleyevgacha ham … Читать далее

MIDIYA

MIDIYA — Eron togʻligining shim.-gʻarbiy qismidagi tarixiy viloyat; qadimda qabilalar ittifoqi nomi, soʻngra poytaxti Ekbatona (hoz. Hamadon) boʻlgan podsholik (mil. av. 7-a. 70-y. lari — 6-a. oʻrtalari). Dastlab Midiya liklar mil. av. 9-a. ning 2-yarmiga oid ossuriy yilnomalarida qayd etilgan. Aftidan, qabila ittifoqi mahalliy tub qabilalar uyushmasidan tashkil topgan; biroqmil. av. 9—8-a. dayoqyangi qabilalar kelishi … Читать далее

METROPOLITEN-OPERA

METROPOLITEN-OPERA (Metropolitan Opera) — AQSH ning yetakchi opera teatri, opera sanʼatining yirik markazlaridan. 1883-y. da Nyu-Yorkda tashkil etilgan. Yirik firmalar, jamiyatlar, shaxslar tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga faoli-yat koʻrsatadi. AQSHda yagona doimiy ishlaydigan opera teatri (har yili 7 oy davomida faoliyat koʻrsatadi). Faqat xor va orkestri muqim, yetakchi xonanda va dirijyorlar butun dunyodan mu-ayyan spektaklga yoki … Читать далее

MENDELSON

MENDELSON, Mendelson-Bartoldi (Mendelssohn — Bartholdy) Yakob Lyudvig Feliks (1809.3.3, Gamburg – 1847.4.11, Leypsig) — nemis kompozitori, dirijyor, organchi, musiqa jamoat arbobi. Musiqiy romantizmtnt yirik namoyandasi. Bolalik davridan virtuoz pianinochi sifatida shuhrat qozongan. Uning ijodiy tafakkuri shakllanishiga Mendelsonlar oilasi bilan yaqindan tanish boʻlgan I. Gyote, G. Gegel, G. Geyne, aka-uka Gumboldtlar taʼsir oʻtkazishgan. 1820—30 y. lari … Читать далее

PALOS

PALOS, sholcha — ikki tomonlama naqsh hosil qilib qoʻlda yoki mashinada toʻqib tayyorlanadigan patsiz gidam. Ip, jun, sunʼiy tolalardan toʻqiladi. Odatda, yer (pol)ga toʻshaladi. Gazlama toʻqish usulida arqoq ipini 2 xil koʻrinishda (vertikal tirqishli va tirqishsiz) matalishi vositasida ba-jariladi. Arqoq ipini bu usulda matalishi turli (handasiy va islimiy) naqshlar, ifodali tasvirlarni aniq hosil qilish imkonini … Читать далее