MUHYI

MUHYI (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Rizo Oxund oʻgʻli) (1835, Qandahor, Afgʻoniston — 1911, Andi-jon) — shoir. Turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Hirot va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Muhyi 19-a. ning 60-y. lari oʻrtalarida Andijon sh. da yashagan. Andijon hokimi — Xudoyorxonning katta oʻgʻli Nasriddinbek (1865 — 75) Muhyiga «Toj ush-shuaro» («Shoirlar toji», 1869) faxriy unvonini bergan. 1871-y. haj ziyoratidan soʻng u «Hoji Muhyi» taxallusini olgan. 1876-y. da Qoʻqon xonligi tugatilgach, M. Qoʻqonda, Soibzoda hazrat madrasasida yashagan.

Muhyidan salmoqli ijodiy meros qolgan. Bular jumlasiga shoir devonining turli kotiblar tomonidan koʻchirilgan 6 qoʻlyozma nusxasini, Muhyining oʻzi tuzgan 1 sheʼriy toʻplamni kiritish mumkin. Forsiy va turkiy devonlari 1 muqovada 1912-y. da Toshkentda, Por-sev matbaasida chop etilgan. Forsiy devonida 242 gʻazal, 6 qasida, 4 masnaviy, 91 qitʼa, 19 fard va 3 ruboiy bor (230 sahifa), turkiy devoni esa 148 gʻazal, 1 musaddas, 1 murabbaʼ, 74 qitʼa, 1 qasida va 11 mufradot (130 sahifa)dan tashkil topgan.

Muhyi, asosan, lirik sheʼrlar yozgan. Gʻazaliyotida Navoiy, Lutfiy, Soʻfi Olloyor ijodining taʼsiri seziladi. Satirik asarlarida, xususan, mashhur Viktor voqeasi haqidagi muxammasida oʻlkaga kirib kelayotgan rus sarmoyadorlarining kirdikorlari, ularga ishonib aldangan mahalliy boylar qajv ostiga olingan.

Ad:. Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy |3kitob|, T., 1998.

Akrom Dehqonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x