MIROB

MIROBsuv taqsimoti va sugʻorish tarmoqlarini nazorat qiluvchi shaxs. Qadimdan Oʻrta Osiyoda dare vodiylari va dehqonchilik vohalarida sugʻorish tarmoqlarining bosh toʻgʻonlarini tiklash, sohillar boʻylab dambalar oʻrnatish, sugʻorish tarmoqlarini loyqadan tozalash, suvni navbat bilan taqsimlash, ortiqcha suv va zaxoblarni zaxkashlar orqali partovlarga chikarib yuborish kabi barcha suv xoʻjaligi ishlari irrigatsiya va melioratsiyani yaxshi bilgan tajribali sohibkorlar boshchiligida amalga oshirilgan. Oʻrta Osiyo xonliklarida maxsus Miroblik lavozimlari boʻlgan. Mas, Buxoro va Xiva xonliklarida 16 — 18-a. larda bosh vazir (otaliq), davlat nazoratchisi (miroxur) kabi oliy mansabdor shaxslar xonlikning bosh Mirobi unvoniga ega bulishgan. Bosh sugʻorish tarmogʻi — kanaldan asosiy sugorish tarmoqlari (katta ariqlar) ga mirobboshi, katta ariqlardan qishloq ariqlariga ariq oqsoqoli («arbob»), qishloq ariqlaridan shoh-ariq va dahanalarga qishloq Mirobi («joʻybonlar») suv taqsimotiga masʼ-ul boʻlgan. Miroblik avloddan-avlodga oʻtgan. Mirobboshi xizmat haqi uchun davlat xazinasidan maosh olgan. Har yili kuzda shohariqlar Mirob lari dehqonlardan hosildan mahsulot hisobida 1 — 2 gʻalvir gʻalla («mirobona») undirar edi. Hoz. magistral kanallar boshqarmalarida xoʻjaliklarga suv taqsimotini nazorat qiluvchi gidrotexnik.

Ad., Muham madjonov A., Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997.

Masharif Boqiyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x