PALOS

PALOS, sholcha — ikki tomonlama naqsh hosil qilib qoʻlda yoki mashinada toʻqib tayyorlanadigan patsiz gidam. Ip, jun, sunʼiy tolalardan toʻqiladi. Odatda, yer (pol)ga toʻshaladi. Gazlama toʻqish usulida arqoq ipini 2 xil koʻrinishda (vertikal tirqishli va tirqishsiz) matalishi vositasida ba-jariladi. Arqoq ipini bu usulda matalishi turli (handasiy va islimiy) naqshlar, ifodali tasvirlarni aniq hosil qilish imkonini beradi. Dunyoda Bolgariya, Hindiston, Eron, Ruminiya, Turkiya P. lari mashhur. Sharq mamlakatlari (Hindiston, Eron va b.), jumladan, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston hududida Palos tayyorlash qad. dan keng tarqalgan, rang-barang goʻzal Paloslar yaratilgan. Rangli asos yoki qalin arqoq ipi yordamida yaratilgan naqshlar zaminda bir oz boʻrtib mayin yotadi, yoddan toʻqilgan mujassamotda yoʻl-yoʻl qatorlar, yirik zinasimon naqshlar, urugʻ tamgʻasi tasvirlari, hayvon shakllari koʻp uchraydi. Palos koloritida qizil rang ustun turadi. Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva va b. joylarda f-kalarda tayyorlanadi. Sirdaryo, Qashqadaryo va b. joylarda qoʻlda qad. anʼanaviy va zamonaviy usullarni qoʻllab Palos toʻqish rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x