METROPOLITEN-OPERA

METROPOLITEN-OPERA (Metropolitan Opera) — AQSH ning yetakchi opera teatri, opera sanʼatining yirik markazlaridan. 1883-y. da Nyu-Yorkda tashkil etilgan. Yirik firmalar, jamiyatlar, shaxslar tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga faoli-yat koʻrsatadi. AQSHda yagona doimiy ishlaydigan opera teatri (har yili 7 oy davomida faoliyat koʻrsatadi). Faqat xor va orkestri muqim, yetakchi xonanda va dirijyorlar butun dunyodan mu-ayyan spektaklga yoki maʼlum muddatga taklif etiladi. Dastlabki yillari fransuz va nemis kompozitorlari (koʻproq R. Vagner) asarlari asosiy oʻrin olgan. 1909-y. da ilk bor amerika kompozitori (F. Konvers, «Ehtiros trubkasi») asari sahnalashtirildi. A. Toskanini ishlagan davrida (1908 — 15) repertuari italyan, fransuz, rus kompozitorlari asarlari bilan boyigan. 1910-y. lardan boshlab operalar har bir xalqning oʻz ona tilida ijro etilmoqda. Turli davrlarda «M.-o.»da dunyoning eng mashhur xonanda va dirijyorlari faoliyat koʻrsatgan. 1950 — 72 y. lari teatrni R. Bing boshqarib, spektakllarning sahnaviy va musiqiy saviyasini koʻtarishga katta hissa qoʻshgan. «M.-o.» repertuaridan Yevropa (J. Verdi, K. Veber, G. Berlioz, J. Vize, J. Rossini, J. Puchchini, R. Vagner, P. Chaykovskiy, M. Musorgskiy, K. Debyussi, R. Shtraus, B. Britten, A. Berg va b.) va Amerika (D. Teylor, L. Gryunberg, Xanson, S. Barber va b.) kompozitorlari asarlari urin olgan. Teatr qoshida «Min-Meg» kamer opera teatri tashkil etilgan (1973). 1966-y. da Nyu-Yorkdagi «Lincoln-center» hududidagi yangi binosi (meʼmor U. K. Xarrison) zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, zali 3800 oʻrinli.

Olimjon Bekov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x