MUZAFFARIYLAR DAVLATI

MUZAFFARIYLAR DAVLATI — 14 a. ning 40—50-y. lari boshida Eronda mavjud boʻlgan davlat. Hulokuiylar davlatinnng inqirozidan keyin vujudga kelgan. Unga moʻgʻullarning Yazddagi no-ibi Muboriziddin Muhammad ibn Muzaffar (Elxoniylarning Yazddagi noibi) asos solgan. U Erondagi moʻgʻul davlatining tanazzulga uchraganidan foydalanib, Kermon (1340), Fors (1353) va Isfahon (1356)ni oʻz davlatiga qoʻshib olgan. Amir Temur 1393-y. da Jan. Eronni bosib olgandan keyin Muzaffariylar davlati barham topgan. H. Qazviniyning «Tarixi guzida» («Tanlangan tarixlar») asarida Muzaffariylar davlati tarixini Mahmud Qutbiy (15-a. boshi) yozganligi qayd etilgan. Muzaffariylar davlati hukmdorlari: Muboriziddin Muhammad ibn Muzaffar (1314—58); Shoh Mahmud (1358—64); Jaloliddin Shoh Shujoʼ (1364-84); Mansur (1387-93).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x