GVINEYa-BISAU

GVINEYa-BISAU (Guine-Bissau) , Gvineya-Bisau Respublikasi (Republics da Guine-Bissau) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeani sohilida. G.-B. tarkibiga materik qismidan tashqari Bʼlama va Bijagosh o. lari kiradi. Mayd. 36,1 ming km2. Aholisi 1,1 mln. kishi (1990-y. lar oxiri). Poytaxti — Bisau sh. Maʼmuriy jihatdan Bisau muxtor sektori, 8 okrug va 37 tumanga boʻlinadi. Davlat tuzumi. G.-B. … Читать далее

VINO

VINO (lot. winum — aylanuvchi, oʻraluvchi) — uzum va mevalar sharbati yoki turpini achitqilar ishtirokida spirtli bijgʻitish yoʻli bilan tayyorlanadigan ichimlik. Qadimda Sharq xalqlari Vinoni sharob, may, musallas deb yuritishgan. Hoz. davrda Vino jahondagi 45 mamlakatda ishlab chiqariladi va deyarli barcha mamlakatlarda isteʼmol etiladi. Jahon mamlakatlari oʻrtasida Fransiya va Italiyada eng koʻp uzum vinosi ishlab … Читать далее

BALI

BALI — Malayya arxipelagidagi orol. Indoneziyaga qarashli Kichik Zond o. lari toʻdasida. Mayd. 5,6 ming km2. Aholisi 2 mln. kishidan ortiq. Yirik shahri — Denpasar. Orolning yer yuzasi togʻli, sharqiy qismida Agung vulkani (bal. 3142 m) bor. Iqlimi tropik, musson iqlimi. Yozi seryogʻin (yiliga 1500 mm va undan ortiq). Tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Plantatsiyalarda sholi, … Читать далее

GASTROL

GASTROL (nem. gast — mehmon, rolle — rol) — artist (yoki artistlar jamoasi)ning doimiy ish joyidan tashqari (boshqa tuman, shahar, mamlakat) da tomosha koʻrsatishi, konsert berishi. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 18-a., ayniqsa 19-a. ning 2-yarmida teatr sanʼati yirik namoyandalarining yakka Gastrol lari avj oldi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida dekoratsiya qurilmalari bilan koʻchib yurib, spektakllar koʻrsatuvchi … Читать далее

VILIYA

VILIYA (litovcha Nyaris) — Belorussiya va Litvadagi daryo, Nyamunas (Neman) ning oʻng irmogi. Minskdan shim. dagi botqoqliklardan boshlanadi. Uz. 510 km, havzasining mayd. 25,1 ming km2. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi; bahorda toʻlib oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 182 m3/sek. Viliya havzasida 1,5 mingdan ziyod koʻl bor. V. ning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Sohilida … Читать далее

VIZANTIYA

VIZANTIYA (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a. lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya. o. ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gruziya, Xersones, Kipr va Krit o. lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. … Читать далее

VETERINARIYA AKUSHERLIGI

VETERINARIYA AKUSHERLIGI — klinik fan, jinsiy jarayonning norma va patologiya masalalari bilan shugʻullanib (urugʻlantirish, otalanish, boʻgʻoz boʻlish, tugʻish va tuqqandan soʻnggi davr), shuningdek sut bezlari va yangi tugʻilgan hayvonlar kasalliklarini oʻrganadi. Veterinariya akusherligi qishloqxoʻjaligi hayvonlarini sunʼiy qochirish nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqadi, hayvonlarning tugʻishiga yordam berish va bosh sonini koʻpaytirish yoʻllarini oʻrgatadi. Veterinariya akusherligi hayvonlar … Читать далее

GAZETA

GAZETA (ital. gazzetta — chaqa pul) — kundalik voqealar toʻgʻrisida materiallar eʼlon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr. Ommaviy axborot va targʻibotning asosiy vositalaridan biri. Uning vazifasi jamiyatning axborotga boʻlgan ehgiyojini, maʼnaviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta faqat ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayot obyekti boʻlib qolmay, balki moddiy i. ch. obyekti, i. ch.-iqtisodiy munosabatlar sohasi hamdir. Shu bilan … Читать далее

VASILENKO Sergey Nikiforovich

VASILENKO Sergey Nikiforovich [1872.18 (ZO). Z – Moskva – 1956.11.3] – rus kompozitori, dirijyori. Oʻzbekistan (1939) va Rossiya (1940) xalq artisti, sanʼatshunoslik fanlari d-ri (1943). Moskva un-ti yuridik f-tini (1896) va Moskva konservatoriyasini (1901) tamomlagan. 1906 — 50 y. lari Moskva konservatoriyasida (1907-y. dan prof. lavozimida) ishlagan. 6 opera, bir qancha baletlar, 5 simfoniya, turli … Читать далее

BUXORO MINIATYURA MAKTABI

BUXORO MINIATYURA MAKTABI — Oʻzbekiston miniatyura sanʼatidagi oʻziga xos yoʻnalish. Oʻrta asrlar (16 — 17-a. lar)da Buxoroda shakllangan. Buxoro miniatyura maktabining rivojlanish davri Buxoroda Shayboniyxonlar (16-a.), Ashtarxoniylar (17-a.) hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Hirot miniatyura maktabi taʼsirida rivojlangan Buxoro miniatyura maktabi dastlab Buxoroga kelgan Hirot miniatyura maktabi vakillarining ijodi bilan bogʻliq boʻlgan va mahalliy badiiy anʼanalar … Читать далее