MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI

MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI, Oʻzbekiston FA M. T. Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti — mexanika muammolari, paxta terish mashinasi mexanikasi, bino va inshootlarning zilzilaga chidamliligi, muhitlar mexanikasi masalalari bilan shugʻullanadigan i. t. muassasasi. Dastlab Inshootlar in-ti nomi bilan Toshkentda 1947-y. tashkil qilingan, 1959-y. shu in-t lab. lari asosida Qurilish va … Читать далее

METOD

METOD (yun. metodos — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. Metodning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish Metod ini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. … Читать далее

MARIANA NOVI

MARIANA NOVI — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi chuqur suv osti botigi. Mariana o. lari boʻylab 1340 km masofaga choʻzilgan. Oʻrtacha kengligi 59 km, chuq. 11022 m (Dunyo okeanining eng chuqur joyi). Loading… Пост Навигацияси Previous PostMARZA Next PostMARIBOR

PUERTO-RIKO

PUERTO-RIKO (Puerto Rico) , Puerto-Riko Hamdoʻstligi (Commonwelth of Puerto Rico) — Vest-Indiyada Katta Antil o. lari arxipelagining sharqiy qismidagi Puerto-Riko, Vyekes, Kulebra va Mona o. larida joylashgan AQSH mulki. Mayd. 8,9 ming km2. Axrlisi 3,95 mln. kishi (2002). Maʼmuriy jihatdan 78 munitsipal okrug (district)ra boʻlinadi. Maʼmuriy markazi — San-Xuan sh. Davlat tuzumi. P.-R. AQSHga «erkin … Читать далее

PUFLAMA SOZLAR ORKESTRI

PUFLAMA SOZLAR ORKESTRI – puflama (yogʻoch, mis yoki faqat mis — banda) va urma cholgʻulardan iborat orkestr. Yevropada 17-a. da shakl topgan. Turli (jumladan, ochiq havo, yurish) sharoitlarga moslanganligi tufayli koʻpgina mamlakatlar armiyalari tarkibiga kirgan. Ijrochilar soniga qarab kichik (20), oʻrta (30) va katta (40—55, baʼzan 80—100 sozandadan iborat) Puflama sozlar orkestri lari ajratiladi. Katta … Читать далее

POLINEZIYA KICHIK OBLASTI

POLINEZIYA KICHIK OBLASTI — Avstraliya quruqlik zoogeografik oblastining kichik oblasti. Polineziya kichik oblastiga Yangi Zelandiya kichik oblastitsan shim. da joylashgan Tinch okean o. lari va arxipelaglari (Gavayi o. dan tashqari) kiradi. Polineziya kichik oblasti faunasida barcha o. fau-nasiga oʻxshab endemik turlar koʻp, sut emizuvchilar kam. Quruqlikda sut emi-zuvchilardan qoʻlqanotlilar (shomshapalaklar, uzunqanotlilar, katta qanotlilar) hamda odamlar … Читать далее

MOSKVA BADIIY AKADEMIK TEATRI

MOSKVA BADIIY AKADEMIK TEATRI (MXAT), M. Gorkiy nomidagi Moskva badiiy akademik teatri — 1898-y. K. S. Stanislavskiy va Vl. I. Nemirovich-Danchenko tomonidan tashkil etilgan. 1901-y. ga qadar Moskva Badiiyhammabop teatr deb yuritilgan, 1932-y. dan Moskva badiiy akademik teatri Gorkiy nomida. Teatr repertuari, aktyorlik sanʼati, rejissurada isloh amalga oshirildi. A. Chexov («Chayka» va b.) va M. … Читать далее

MUQADDAS JOYLAR

MUQADDAS JOYLAR, qadamjolar — dindorlar muqaddas deb hisoblaydigan va sigʻinadigan joylar. Bular — paygʻambar, shayx, eshon, avliyolar nomi bilan bogʻliq hisoblangan va ziyoratgohga aylanib ketgan shahar, maqbara, chashma, daraxt, tepalik, gor va b. dir. Muqaddas joylar turli dinlarga eʼtiqod qiluvchi hamma xalqlarda, koʻpgina shahar va mamlakatlarda bor. Bunga Imom Buxoriy (Samarqand viloyati), Bahouddin Naqshband (Buxoro … Читать далее

MUTRIBIY

MUTRIBIY, Noiy (taxalluslari; asl ism-sharifi Mavlono Sultonmuhammad Mutribiy Noiy Samarqandiy) (1558, Samarqand — 17-a. ning 30-y. lari) — shoir, adabiyotshunos, xattot va sozanda. Forsiyda ijod qilgan. Samarqand maktab va madrasalarida oʻqigan. Maʼlumotini oshirish uchun Buxoroga borib, zamonasining yetuk olimlari qoʻlida taʼlim olgan. 16a. oxirida Samarqandga qaytib, ijod b-n shugʻullangan. Mutribiyning Samarqandda tuzgan «Tazkirat ush-shuaro» (1605) … Читать далее

MUSIQALI KOMEDIYA

MUSIQALI KOMEDIYA — kulgili, hajviy mazmun asosida (frans. vodevil, nem. zingshpil, ital. buff opera, operetta kabi) yaratilgan musikaviy sahna asari. Tarkiban muyeщali dramata yaqin boʻlsada, lekin undan musiqiy tili va hajviy mazmuni bilan ajralib turadi. Bu janrning ildizlari qadim zamonlarga, Sharq va Gʻarb xalqlarining ogʻzaki ijodiyoti, qiziqchi va masxarabozlar sanʼatlariga borib taqaladi. Oʻzbekistonda Musiqali komediya … Читать далее