BATA

BATA — Ekvatorial Gvineyadagi shahar. Mamlakatning materik qismi — Rio-Munining maʼmuriy markazi. Aholisi 24 ming kishi (1985). Gvineya qoʻltigʻidagi yirik port, chetga kofe, kakao, palma moyi va yongʻogʻi chiqaradi. Sement va taxta tilish z-dlari bor. Пост Навигацияси

VINNIPEG

VINNIPEG — Kanadaning jan. dagi shahar. Manitoba provinsiyasining maʼmuriy markazi. Assiniboyn daryosining Red-River daryosiga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 617 ming kishi. Trans-Kanada t. y. va avtomobil yoʻllarining muhim tuguni. Aeroport bor. Kanada dasht r-nlarining savdotaqsimot markazi. Vinnipeg dunyo ahamiyatiga ega don bozori. Oziq-ovqat, tikuvchilik, mebel, poligrafiya, kimyo, elektrotexnika sanoatlari, neftni qayta ishlash, metallsozlik va mashinasozlik, … Читать далее

VILNYUS

VILNYUS (avvalgi nomlari Vilno, Vilna) — shahar, Litva Respublikasi poytaxti, yirik sanoat va madaniyat markazi. Nyaris (Viliya) va Vilnya (Vilnyale) daryolari tutashgan yerda. Shahar Vilnya daryosi nomi bilan atalgan (litvacha vilnya, vilnis — «toʻlqin» demak). Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —5,3°, iyulniki 17,9°. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 591,2 ming kishi (1999). Vilnyus birinchi … Читать далее

VIKTORIYA

VIKTORIYA — Kanadadagi shahar, Vankuver o. ning jan.-sharqida. Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 71,2 ming kishi (1991). Tinch okean sohilidagi port. V. orqali chetga yogʻoch va baliq mahsulotlari chiqariladi. Kemasozlik va yogʻochni qayta ishlash sanoati va turizm rivojlangan. Un-t bor. Shaharga 1849-y. da asos solingan. Пост Навигацияси

BARBADOS

BARBADOS (Barbados) — Markaziy Amerikada, Kichik Antil o. larining Barbados o. da joylashgan davlat. Mayd. 430 km2. Aholisi 300 ming kishi (1995). Poytaxti — Brijtaun sh. Davlat tuzumi. Barbados — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida mustaqil davlat. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi (qiroli), hokimiyatni general-gubernator amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament; u … Читать далее

VENTSPILS

VENTSPILS (1917-y. gacha rasmiy nomi Vindava) — Latviyadagi shahar (1378-y. dan). Boltiq dengizi boʻyidagi muzlamaydigan dengiz porti. T. y. stansiyasi. Aholisi 50,6 ming kishi (1999). Baliq va yogʻochsozlik sanoatining yirik markazi. Mineral oʻgʻitlar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik f-kasi, ventilyator z-di, dengizdan baliq ovlash tarixi muzeyi bor. Orden qasri (1290-y. qurib bitkazilgan) saqlangan. Ventspils 1242-y. … Читать далее

VENGER MUSKATI

VENGER MUSKATI, Vaniliya, Muskat de Jezyu, Muskat krokan, Muskat Primavi — kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan xoʻra-ki va vinobop uzum navi. Yevrosiyoning uzumchllik hududlarida tarqalgan. Rossiyaning jan., Oʻzbekiston, Kozogʻiston va Kirgʻizistonda r-nlashtirilgan. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi oʻrtacha (diametri 15—16 sm), toʻgarak, kam kertikli. Besh boʻlakchali, toʻq yashil. silliq, tuksiz, cheti arratishli, bargi shapalogʻi … Читать далее

VELOSIPED

VELOSIPED (lot. velox — tez va pes — oyoq) — oyoq bilan harakatga keltiradigan 2 yoki 3 gʻildirakli eng oddiy mashina. Insonning harakatlanish vositalaridan biri. Qoʻlda (invalidlar Velosiped) va motor (dvigatel) yordamida harakatlantiriladigan Velosipedlar ham bor. V. gʻildirak /, rama 2, egar 3, rul 4, pedal 5, zanjir 6 va ikki charx (yul-duzcha) 7dan iborat. … Читать далее

VAHHOBIYLIK

VAHHOBIYLIK — islom dinining sunniylik yoʻnalishi hanbaliya mazhabidagi oqim. Arabiston ya. o. ning markaziy qismi (Najd)da 18-a. oʻrtalarida paydo boʻlgan. Muhammad ibn Abdulvahhob (1703—92) asos solgan (nomi shundan). Ibn Abdulvahhob aqoidda ilohiyotchilar Ibn Taymiya (1263—1328) va Ibn Kasiyr (1300—72) ga ergashdi. Ibn Abdulvahhob diniy targʻibotni taxm. 1730-y. da boshlagan, oʻz otasining vafotidan (1740) soʻng uni … Читать далее

VASSARGʻA

VASSARGʻA — oʻrta hamda kechpishar xuraki va vinobop uzum navi. Xalq seleksiyasi yoʻli bilan Oʻzbekistonda chiqarilgan. Oq va kora V. xillari bor. Tupi oʻrtacha kuchli oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi katta (16—18 sm), besh boʻlakli, kam kertikli, arra tishli. Oq V. ning uzum boshlari oʻrtacha (boʻyi 13 — 20 sm, eni 6—10 sm), silindr-konussimon, oʻrtacha … Читать далее