BOBO SAVDOYI

BOBO SAVDOYI (taxalluslari Xovariy, Savdoyi) (15-a., Abivard) — shoir. Bobo Savdoyi qasidanavislikda mashhur boʻlgan. Boysunqur Mirzo saroyida xizmat qilgan, malik ushshuaro unvoniga ega boʻlgan. Abivardlik shoirlarga ustozlik qilgan. Sheʼrlarida ayrim yuqori tabaqa vakillarini tanqid qilgan. Boysunqur Mirzoga yozgan qasidalarida podshohni oddiy xalqqa shafqat qilishga chaqirgan. Shoir haqida Navoiy («Majolis unnafois»), 3. Vosifiy («Badoye ulvaqoye») asarlarida … Читать далее

VAGONETKA

VAGONETKA (frans. Wagonnet — kichik vagon) — tor izli yoʻllarda yaqin masofalarga yuk tashiydigan kichik (0,5—6 m3) hajmli transport vositasi. Vagonetkalar qurilish, sanoat korxonalari va omborlar, kumir va ruda konlarida, karyerlarda ishlatiladi. Bulardan tashqari maxsus (yogʻoch, suv, yoqilgʻi tashishga), odamlar (mas., konchilar) tashishga moʻljallangan xillari ham bor. V. lar motovozlar, elektrovozlar va parovozlar bilan tortiladi, … Читать далее

VABO

VABO (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻirlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan. Vabo dastlab (1816) Hindistonda — Gang daryosi vodiysida paydo boʻlgan; u yerda turmush sharoiti ogʻir boʻlganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada V. Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi Birma … Читать далее

BIHISHTI

BIHISHTI, Behishti— oʻrtapishar vinobop uzum navi. Vatani—Urta Osiyo. Sharqiy navlar ekologikgeografik guruhiga kiradi. Oʻzbekistonda r-nlashtirilgan. Tupining oʻsishi oʻrtacha, bargi toʻgarak yoki tuxumsimon, uch boʻlakchali. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (boʻyi 20—30 sm, eni 8 — 12 sm), silindrkonussimon, ogʻirligi 200— 250 g. Gʻujumi dumaloq, sargʻishyashil yoki och qahrabo rangda, sershira, xushtaʼm, poʻsti qalinroq, yupqa … Читать далее

BEDA TUNLAMI

BEDA TUNLAMI, zigʻir tunlami (Heliothis ViriplacaHutn.) — toʻplamlar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 28 — 37 mm; oldingisi sargʻish-yashil, baʼzan sargʻish-kulrang boʻlib, oʻrta qismidan keng qoramtir koʻndalang yoʻl oʻtadi; qanotining uchida noaniq qora dogʻchalari bor. Qurtining uz. 40 mm, nim yashil, baʼzan pushti yoki qoʻngʻiroq ranglisi ham uchraydi, orqasida navbatlanib keluvchi oqyoki qora tusli yoʻllari … Читать далее

BAHOUDDIN MUHAMMAD

BAHOUDDIN MUHAMMAD ibn Muayyad al-Bogʻdodiy (12-a.) — tarixchi olim. Xorazmning Bogʻdod qishlogʻida tugʻilib, Xurosonning Niso sh. da yashagan. Xorazmshoh Takash (1172 — 1200) uni saroy xizmatiga taklif qiladi va munshiylar devoniga boshliq qilib tayinlaydi. Bahouddin Muhammad devon boshilik davrida yiqqan turli vasiqa va hujjatlar, boshqa davlatlar bilan boʻlgan yozishmalarni doʻstlarining iltimosi va podshohning buyrugʻi bilan … Читать далее

BAHOIYLIK

BAHOIYLIK, bahoiyya — diniysiyosiy oqim. 19-a. oʻrtalarida Erondagi bobiylik harakatining davomi sifatida Iroqda vujudga kelgan. Asoschisi Bahoullo. U insoniyat uchun yagona din, iqtisodist va davlat zarur degan gʻoyalarni ilgari suradi. Bahoullo fikricha, mavjud dinlarni yoʻqotishning hojati yoʻq, ularni qandaydir bir nuqsonsiz taʼlimot asosida birlashtirish lozim. Aslida hamma dinlar yaxshi, faqat ularni ortiqcha aqida va urf-odatlardan … Читать далее

VOBKENT

VOBKENT (oʻgʻuz shevasidagi «vob» yoki «vahobkent» — «boʻz, qoʻriqaagi qishloq» maʼnosida) — Buxoro viloyatidagi shahar (1981-y. dan). Vobkent tumaninint maʼmuriy markazi. Vobkent — koʻhna shaharlardan biri. Oʻrta asrlarda Vobkent atrofida bir necha qishloq-qoʻrgʻonlar boʻlgan. Vobkentning gʻarbida joylashgan Narshax qishlogʻi shulardan biri. 10-a. da yashagan tarixchi olim Narshaxiy shu qishloqda tavallud topgan. Narshax qishlogʻi Muqanna qoʻzgʻoloni … Читать далее

VLADIVOSTOK

VLADIVOSTOK — RFdagi shahar, Primorye oʻlkasining markazi (1888-y. dan). Sibir t. y. magistralining oxirgi punkti. Tinch okean sohilidagi yirik port. Yirik aeroport bor. Zolotoy Rog buxtasi atrofida va Amur qoʻltigʻining sharqiy sohili boʻylab amfiteatr shaklida joylashgan. Axoliyey 648 ming kishidan ziyod (1999). Vladivostok 1860-y. da bunyod etilgan. 1862-y. dan port, 1880-y. dan shahar. V. da … Читать далее

VIXUXOLLAR

VIXUXOLLAR (Desmana) — hasharotxoʻr sut emizuvchilar turkumining bir urugʻi. Vixuxollar oilasiga kiradi. Vixuxol (Desmana moschata) Volga, Don va Ural daryolarida tarqalgan. Tuzilishi suvda yashashga moslashgan. Boʻyi 20 — 22, dumi 18—20 sm cha, hasharotxoʻr sut emizuvchilarning eng kattasi. Tumshugʻi uchida uzun xartumchasi, orqa oyoq panjalari orasida suzgich pardasi bor. Dumi tangachalar bilan qoplangan, dumi ostida … Читать далее