VALIANT

VALIANT — ertagi serhosil shaftoli navi. Vatani Amerika. Daraxti oʻrtacha kattalikda. Oʻzidan changlanadi. Mevasi yirik (140—170 g), dumaloq-tuxumsimon, rangi toʻq sariq. Pustila siyrak nozik tuklari bor. Eti xushboʻy, sargʻimtir, shirali, danak atrofi qizgʻish, shirin. Eti danagidan yaxshi ajraladi. Danagi yirik. Koʻchati ekilganidan keyin 2—3-yildan hosil qiladi, 5—6-yili toʻliq hosilga kiradi. Hosildorligi yuqori (160—170 s/ga). Boshqa … Читать далее

VALANJIN YARUSI

VALANJIN YARUSI (Shveysariyadagi Nevshatel sh. yaqinidagi Valanjen qasri nomidan) — quyi boʻr sistemasi (davri) pastdan ikkinchi yarusi. 1853-y. da Dezor (Desor) alohida yarus qilib ajratgan. Dastlab aniqlangan joyida dengiz tipratikani, leletsipoda va ammonitli ohaktoshlardan tashkil topgan. Valanjin yarusi jinslari Ukrainada hamda Alp, Karpat toglari va Kavkazda bor. V. ya. qizgʻish ohaktoshli jinslari Oʻzbekiston (Hisor togʻlari)da … Читать далее

VYETNAM

VYETNAM, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam) , BCP – Jan.-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o. dagi davlat. Mayd. 330 ming 991 km2. Axoliyey 76,3 mln. kishi (1999). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sh. … Читать далее

VOLOGDA VILOYATI

VOLOGDA VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1937-y. 23 sent. da tuzilgan. Vologda viloyati vda 15 shahar va 14 shaharcha bor. Mayd. 145,7 ming km2. Aholisi 1367 ming kishi (1999). Markazi — Vologda sh. V. v. ning yer yuzasi tekislik. Qazilma boyliklari: torf, qoʻngʻir temirtosh, oʻtga chidamli gil, kvars qumlari, osh tuzi va mineral buloqlar. Iqlimi … Читать далее

VISHAKXAPATNAM

VISHAKXAPATNAM — Hindistondagi shahar, Bengaliya qoʻltigʻi sohilida, Andhra-Pradesh shtatida. Aholisi 750 mingdan ziyod kishi (1990y. lar oʻrtalari). Mamlakatning muhim portlaridan biri (yuk tushirish va ortish yiliga 10 mln. t). Chetga neft mahsulotlari, temir va marganes rudalari chiqaradi; chetdan kimyo oʻgʻitlari uchun xom ashyo keltiriladi. Sudoverf, neftni qayta ishlash, stanoksozlik, fosfor oʻgʻitlari, qoʻrgʻoshin i. ch. korxonalari … Читать далее

VINDXUK

VINDXUK — Namibiyaning poytaxti, dengiz satxidan 1600 m balandlikda joylashgan. Aholisi 114,5 ming kishi (1999). Muhim t. i. va avtomobil yoʻllari tuguni. T. y. orqali Atlantika okea-ni sohilidagi Uolfish-Bey porti b-n bogʻlangan. Xalqaro aeroport bor. V. qorakoʻl teri savdosining markazi. Oziq-ovqat sanoati (vino, likyor i. ch.), tayyor qismlardan avtomobil yigʻuv korxonalari, tikuvchilik f-kalari bor. Пост … Читать далее

VIZANTIYASHUNOSLIK

VIZANTIYASHUNOSLIK, vizantistika — Vizantiyaning tarixi, HUKUQI, tili va madaniy merosini (adabiyoti, falsafasi, sanʼati va b.) oʻrganuvchi gumanitar fanlar majmui. Vizantiyashunoslik alohida bilim tarmogʻi sifatida 19a. 2-yarmida, fanda «Vizantiya» termini qaror topgan chogʻda shakllandi. Lekin Vizantiyashunoslikning ildizlari chuqur boʻlib, u uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Vizantiyadan tashqarida uning madaniyati va tarixiga qiziqish ilk oʻrta asrlardayoq tarixiy taqdirlari … Читать далее

VIBORG

VIBORG — RF Leningrad viloyatidagi shahar. Fin qoʻltigʻi sohilidagi orol va yarim orollarda joylashgan. Saymen kanali yaqinidagi muhim dengiz porti, t. y. tuguni. Aholisi 81 ming kishi (1999). 1293-y. da Viborgda shvedlar qalʼa kurgan, keyinchalik shu qalʼa atrofida shahar vujudga kelgan. 1721-y. Nishtadt sulh shartnomasiga muvofiq Viborgni Rossiya egallagan. 1918—40 y. larda Finlyandiya (Viipuri deb … Читать далее

VETERINARIYA INSTITUTI

VETERINARIYA INSTITUTI, Akademik K. I. Skryabin nomidagi Oʻzbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot instituti (OʻzVITI) — Markaziy Osiyodagi yirik i. t. muassasasi. Samarqand viloyatining Toyloq qishlogʻida joylashgan (1959-y. dan). Dastlab Turkiston Yer ishlari xalq komissarligi veterinariya boshqarmasi qoshidagi oʻlka veterinariya-bakteriologiya lab. tarzida 1924-y. da Toshkentda tashkil etilgan. 1926-y. da Veterinariya-bakteriologiya in-tiga aylantirildi. 1934-y. dan hoz. nomda. 1978-y. … Читать далее

VERMONT

VERMONT — AQSHning shim.sharqidagi shtat. Mayd. 24,9 ming km2. Aholisi 575 mingdan ziyod kishi (1990y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Montpilyer sh. Hududining koʻp qismi togʻli (eng baland joyi 1338 m). Yirik daryosi — Konnektikut. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —9°, iyulniki 19°. Yiliga 750 — 1000 mm yogʻin yogʻadi. Vermont — Yangi Angliyaning iqtisodiy jihatdan … Читать далее