VENGER MUSKATI

VENGER MUSKATI, Vaniliya, Muskat de Jezyu, Muskat krokan, Muskat Primavi — kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan xoʻra-ki va vinobop uzum navi. Yevrosiyoning uzumchllik hududlarida tarqalgan. Rossiyaning jan., Oʻzbekiston, Kozogʻiston va Kirgʻizistonda r-nlashtirilgan. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi oʻrtacha (diametri 15—16 sm), toʻgarak, kam kertikli. Besh boʻlakchali, toʻq yashil. silliq, tuksiz, cheti arratishli, bargi shapalogʻi asosining (barg bandita yaqin qismi) kengligi b-n boshqa muskat navlaridan ajralib turadi. Uzum boshi oʻrtacha (boʻyi 15—17 sm, eni 9—11 sm), silindr-konnussimon, oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 180 — 200 g. Gʻujumi oʻrtacha (17—18 mm), dumaloq, oqyashil, sershira, eti karsillaydi, xushboʻy muskat hidi kelib turadi. Hosili kurtak yozishdan boshlab faol harorat yigʻindisi 2700—2900° da 140—150 kunda (avg. ning ikkinchi yarmida) pishadi. Tarkibida 25—26% qand bor. Hosildorligi 80—130 s/ga. Bu nav yengil, unumdor tuproqlarda yaxshi oʻsib, moʻl hosil beradi. So-vuqqa, kasallik va zararkunandalar-ga chidamsiz. Asosan, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x