VILNYUS

VILNYUS (avvalgi nomlari Vilno, Vilna) — shahar, Litva Respublikasi poytaxti, yirik sanoat va madaniyat markazi. Nyaris (Viliya) va Vilnya (Vilnyale) daryolari tutashgan yerda. Shahar Vilnya daryosi nomi bilan atalgan (litvacha vilnya, vilnis — «toʻlqin» demak).

Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —5,3°, iyulniki 17,9°. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 591,2 ming kishi (1999). Vilnyus birinchi marta 12-a. yilnomasida tilga olingan. 1323-y. Litva knyazi Gediminas mamlakat poytaxtini Litvaning qad. poytaxti Trakaydan Vilnyusga koʻchirgan. Litvani Rossiya imperiyasi bosib olgach (1795), V. gubernyaning maʼmuriy markazi boʻldi. 1918-y. da Vilnyusda hokimiyatni bolsheviklar egallab oldi. 1920—39 y. larda Vilnyus panlar Polshasi tarkibida boʻldi, 1940-y. dan Litva poytaxti. 2-ja-hon urushida katta zarar koʻrgan V. qisqa muddat ichida qayta tiklandi va Boltiqboʻyi iqtisodiy r-nining eng yirik iqtisodiy, madaniy markazlaridan biri boʻlib qoldi. Respublika yalpi sanoat mahsulotining aksariyat qismi Vilnyusda ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (stanoksozlik, asbobsozlik, issiklik apparaturalari, elektr dvigatellari, elektr payvandlash va savdo-sotiq asboblari, radio oʻlchov priborlari, q. x. mashinalari va b.) va metallsozlik yetakchi oʻrinda turadi. Kimyo, yengil (tikuvchilik va paypoq-trikotaj f-kalari, poyabzal, attorlik korxonalari), oziq-ovqat (goʻsht k-ti, konditer, tamaki f-kalari, yog, pivo z-dlari) sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari va mebel ishlab chiqariladi. Vilnyusdan 10 km narida joylashgan Yangi Vilnyada yirik sanoat r-ni vujudga kelgan. Vilnyus — muxim madaniy markaz. Vilnyusda respublika Fanlar akademiyasi (1940-y. dan), ilmiy tadqiqot in-tlari, 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Vilnyus universiteti, konservatoriya), 150 ga yaqin ommaviy kutubxona, 12 muzey (shu jumladan suratlar galereyasi, xalq sanʼati, tarix-etnografiya muzeylari), 5 teatr (Litva opera va balet teatri va b.) va b. muassasalar ishlab turibdi. Vilnyusda meʼmoriy yodgorliklardan Baland qasr (14—15-a. lar) qoldiqlari, Mikaloyalus gotika cherkovi (14-a.), bernardinchilar cherkovi va ibodatxonasi (16-a.), Onoye cherkovi (16-a.) va Mikolo cherkovi (16 — 17-a. lar), un-t binolari majmui (16-a. 2-yarmi — 19-a. 1-yarmi), Kazimero (1604—18), Tereses (1634—50), Pyatro ir Povilo (1668 — 75), Kotrinos (17-a. oxiri —18-a. oʻrtasi) barokko cherkovlari, meʼmor L. Stuoki-Gusyavichyusning klassik stilidagi binolari (kafedral sobor, 1777—1801; ratusha 1786—99) saqlangan. 1940-y. lardan soʻng yangi turar joy r-nlari (Lazdinay, 1967-y. dan; Jirmunay, 1968-y. dan) va jamoat binolari («Nyaringa» mehmonxonasi, 1960; Sport saroyi, 1971; Opera va balet teatri, 1973) vujudga keldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x