VINNIPEG

VINNIPEG — Kanadaning jan. dagi shahar. Manitoba provinsiyasining maʼmuriy markazi. Assiniboyn daryosining Red-River daryosiga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 617 ming kishi. Trans-Kanada t. y. va avtomobil yoʻllarining muhim tuguni. Aeroport bor. Kanada dasht r-nlarining savdotaqsimot markazi. Vinnipeg dunyo ahamiyatiga ega don bozori. Oziq-ovqat, tikuvchilik, mebel, poligrafiya, kimyo, elektrotexnika sanoatlari, neftni qayta ishlash, metallsozlik va mashinasozlik, qurilish materiallari i. ch. kabi tarmoqdar mavjud. Un-t bor. Shaharga 1873-y. da asos solingan. 1873-y. dan Vinnipeg deb atala boshlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x