GʻARIB Firuz Yusupovich

GʻARIB Firuz Yusupovich (1946.19.8. Samarqand) — immunolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1998), tibbiyot fanlari d-ri (1978), prof. (1983), SamTI davolash f-tini tugatgach (1970), shu in-tda oʻrganuvchi-tadqiqotchi, assistent, immunologiya boʻlimi mudiri (1970—76), Samarqand markaziy ilmiy lab. mudiri (1976—80), ToshTIning mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya kafedrasi mudiri (1980—95). «Sogʻlom avlod uchun» nodav-lat xalqaro xayriya jamgʻarmasi direk-tori oʻrinbosari … Читать далее

GʻOʻZA ILDIZ BITI

GʻOʻZA ILDIZ BITI (Tprgpas1argpGʻoʻza va b. ekinlar zararkunandasi. Oqish zargʻaldoq tusli, tanasi deyarli dumaloq, ogʻiz apparati sanchib-soʻruvchi, moʻylovlari uch boʻgʻimli. Shira naychalari va dumi yoʻq. Tanasi, oyogʻi va moʻylovlarining usti mayda tukchalar bilan qoplangan. Toshkent, Samarqand viloyatlari, Fargʻona hamda Zarafshon vodiylarida ekinlarga juda katta zarar yetkazadi. Gʻoʻza ildiz biti lichinka hamda voyaga yetgan holida keng … Читать далее

GʻUZOR

GʻUZOR — Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi shahar (1977-y. dan), tuman markazi. Yaqin t. y. statsiyasi Gʻuzor (3 km). Viloyat markazi (Qarshi sh.) dan 58 km jan.-sharqda. Aholisi 22,3 ming kishi (2005). Paxta tozalash. q. x. mahsulotlarini qayta ishlash, taʼmirlash, qurilish, «Shoʻr-tangaz» unitar shoʻba, «Shoʻrtangaz-kimyo» sanoat korxonalari, non k-ti, avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat … Читать далее

VALIXOʻJAYEV

VALIXOʻJAYEV Botir (1932. 1. 4, Samarqand) — adabiyotshunos. Oʻzbekistan FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), prof. (1971). Samarqand davlat un-tining filol. f-tini bitirgan (1953), shu untda oʻqituvchi (1956-63), f-tdekanining oʻrinbosari (1964-69), dekan (1971-73, 1986-88), tojik tili va adabiyoti kafedrasi (1974 — 85), oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi (1985-y. dan) mudiri, prorektor (1990-y. dan). … Читать далее

BIYLAR

BIYLAR, tarantullar (Lucosa) — oʻrgimchakboʻrilar (Lucosidae) oilasiga mansub oʻrgimchaklar urugʻi. Tanasining uz. 3,5 sm gacha. Sizot suvlari yuza joylashgan nam tuprokli joylar (ariq va zovurlar boʻyi, ekin ekilgan maydonlar chekkasi, dare boʻylari)da 60 sm gacha chuqurliqda tik qazilgan uyalarida yashaydi. Biylar tungi hayvon, oʻlja (turli hasharotlar) tutgani inidan kechasi chiqadi. Yozda (iyun — iyul) oʻrgimchak … Читать далее

BUXORO YAHUDIYLARI

BUXORO YAHUDIYLARI, Oʻrta Osiyo yahudiylari (oʻzlarini «isroel», «bane iyeroel», «yahudiy-tojik» deb atashadi) — Oʻrta Osiyonyng turli shaharlarida yashaydigan etnik guruh. B. ya. atamasi birinchi boʻlib 16-a. da paydo boʻlgan. Buxoro yahudiylarining oʻtmishdagi u mumiy soni haqida aniq maʼlumot yoʻq. Ingliz missioneri Volf amir Nasrullaxon hukmronligi davri (1826—60)da Buxoroda 10 ming yahudiy yashaganligini koʻrsatib oʻtgan. Aholini … Читать далее

BURCHAKTISHLAR

BURCHAKTISHLAR, burchak tishli tritonlar (Hynobius) — dumli amfibiyalar urugʻi. Tanglay tishlari burchak shaklida qayrilgan. 18 ta turi bor. Sharqiy Osiyo va Sibirda tarqalgan. Sibir burchaktishi yoki toʻrt barmoqli triton (Hynobius Keyserlingii) ning uz. 13 sm gacha, dumi 6 sm ga yaqin, tanasining orqa va yon tomonlari boʻz rangda, ustida mayda xollari va och rang yoʻllari … Читать далее

VINOCHILIK

VINOCHILIK — uzum va b. mevalar sharbatini turpsiz yoki turpi bilan bijgʻitib vino tayyorlash. Oʻzbekistonda vino O k, kishmish, Baxtiyoriy, Bihishti, Buvaki, Doroyi, Sultoniy (Jaus), Soyaki, Toyfi, Husayni, Vassargʻa, Tagobi, Nimrang, Parkent, Kattaqoʻrgʻon kabi mahalliy navlardan; Bayan shirey, Venger muskata, Oporto, Risling, Rkatsitelli, Sersial, Aleatiko, Kaberne, Pino, Morastel, Murvedr, Pushti muskat, Saperavi, Tavkveri kabi Yevropa … Читать далее

BUVAKI

BUVAKI — xoʻraki va vinobop mahalliy uzum navi. Tupi kuchli usadi. Guli ikki jinsli. Bu navning Tosh va Nor buvaki nomli xillari bor. Bargi katta (diametri 18—22 sm), toʻgarak, besh boʻlakchali, toʻq yashil, yaltiroq, bir oz yuqoriga qayrilgan, cheti arra tishli. Uzum boshi katta ( boʻyi 20—28 sm), uzunchoq konussimon, oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 250—300 g. … Читать далее

BOGʻ TUZISH SANʼATI

BOGʻ TUZISH SANʼATI, bogʻdorlik sanʼati — xiyobon, bogʻ, park, chorbogʻ va b. koʻkalamzorlashtirilgan joylar yaratish sanʼati. Meʼmoriy rejasi, tarkibidagi koʻshklari, hovuzlari, xilmaxil daraxtlari, chamanlari bilan meʼmorlikda alohida oʻrin tutadi. Doim oʻz tusini oʻzgartirib turuvchi yirik dovdaraxtlarning tabiat hamda badiiy ijod bilan uygʻunlashuvi Bogʻ tuzish sanʼatining oʻziga xos xususiyatidir. Bogʻ tuzish sanʼatida mahalliy iklim, boʻrtma tasvir, … Читать далее