BUVAKI

BUVAKI — xoʻraki va vinobop mahalliy uzum navi. Tupi kuchli usadi. Guli ikki jinsli. Bu navning Tosh va Nor buvaki nomli xillari bor. Bargi katta (diametri 18—22 sm), toʻgarak, besh boʻlakchali, toʻq yashil, yaltiroq, bir oz yuqoriga qayrilgan, cheti arra tishli. Uzum boshi katta ( boʻyi 20—28 sm), uzunchoq konussimon, oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 250—300 g. Gʻujumi oʻrtacha (16—18 mm), dumaloq, och yashil, sargʻish, sershira, poʻsti qalin. Tosh buvaki gʻujumining sirtida qoramtir nuqtalari borligi bilan Nor buvakidan ajralib turadi. Sent. boshlarida pishadi. Tarkibidagi qand 20—22%, hosildorligi 150—180 s/ga. Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqdi va lalmikor yerlarda yaxshi oʻsadi. Sovuqqa chidamsiz. 1930-y. dan Oʻzbekistonda Buxoro va Samarqand viloyatlarida yetishtiriladigan Buvakidan «Buvaki» desert oq markali (navli) vino tayyorlangan, xonadonlarda aʼlo sifatli shinni pishirilgan. Buvaki qishda saqlashga ham yaroqli boʻlgan. 60-y. lardan boshlab ekiladigan navlar roʻyxatidan chiqarib yuborilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x