BIYLAR

BIYLAR, tarantullar (Lucosa) — oʻrgimchakboʻrilar (Lucosidae) oilasiga mansub oʻrgimchaklar urugʻi. Tanasining uz. 3,5 sm gacha. Sizot suvlari yuza joylashgan nam tuprokli joylar (ariq va zovurlar boʻyi, ekin ekilgan maydonlar chekkasi, dare boʻylari)da 60 sm gacha chuqurliqda tik qazilgan uyalarida yashaydi. Biylar tungi hayvon, oʻlja (turli hasharotlar) tutgani inidan kechasi chiqadi. Yozda (iyuniyul) oʻrgimchak ipidan toʻqilgan pillaga 100 ga yaqin tuxum qoʻyadi. Urgʻochi Biylar pillasini oʻrgimchak bezlariga yopishtirib yoki xelitserasida olib yuradi. Tuxumdan chiqqan biychalarni ham urgʻochi Biylar 2 — 3 kun davomida koʻtarib yuradi. B. Oʻrta Osiyo, Krzogʻiston, Jan. Yevropa va Kavkazning choʻl, chala choʻl va dashtlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda tarqalgan 5 turidan nortman biyi (L. nortmani) koʻp uchraydi. L. pulviventris, L. alticeps Samarqand jan. da, L. medra Qarshi choʻlida, jan. rus biyi (L. singierensis) Chirchiq va Fargʻona vodiysida tarqalgan. Biylar zaharli, ammo odam va hayvonlar uchun xavfli emas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x