YESENIN Sergey Aleksandrovich

YESENIN Sergey Aleksandrovich [1895.21.9 (3.10), Ryazan viloyati Konstantinov, hoz. Yesenin qishlogʻi — 1925.28.12, Sankt-Peterburg, Moskvada dafn etilgan] — rus shoiri. Ilk sheʼriy toʻplami «Radunitsa» (1916) dayoq qalb holatlarini noziq tuygʻularda berishni, tabiat bilan bogʻliq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qish-loq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan. 1919—22 y. larda Yesenin imajinist (ijodning maqsadini … Читать далее

JALOLOV

JALOLOV Gʻiyosiddin (1903 — Toshkent — 1984.9.4) — birinchi oʻzbek astronomlaridan biri. Oʻzbekistonda astronomiyaning rivojlanishiga samarali hissa qoʻshgan. Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1937). Ilmiy va amaliy ishlari oʻrta asrlar Oʻrta Osiyo astronomiya tarixiga oid. Jalolov «Sekstant — Ulugʻbek rasadxonasining asosiy quroli» (M., 1974), «Samarqand rasadxonasining sayyoralar jadvalini tuzish masalasiga doyr» (M., 1955), «Kuragoniy zijining boshqa … Читать далее

YENGIL SANOAT

YENGIL SANOAT — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va buyumlari i. ch. ga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot i. ch. amalga oshiriladi. Yengil sanoatda paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari … Читать далее

GʻOIBIY

GʻOIBIY Abdurahmon (1899, Margʻilon — 1931, Moskva) — maʼrifat-parvar pedagog. Rus-tuzem maktabi (1915), Orenburgdagi «Madrasai Husayniya» (1918), Toshkentdagi mao-rif in-ti (1921) ni tugatgan. Arab, fors, turk, rus tillarini bilgan. Qoʻqon va Margʻilon sh. laridagi maktablarda (1919—20), Toshkentdagi oʻqituvchilar tayyorlash kursida (1921 — 23) oʻqituvchi, 1-internat mudiri (1923—25), Fargʻonada oʻqituvchilar tayyorlash kursida mudir (1925—26), Fargʻona taʼlim-tarbiya … Читать далее

GʻURAK

GʻURAK, Gurek (7-a. oxiri — taxm. 737) — Sugʻd ixshidi (podshosi) (710—737) va arablarga qarshi koʻta-rilgan qoʻzgʻolon rahbari. Tarxunsh birodari. Qutayba ibn Muslim ra. h-barligidagi arab qoʻshini bilan Katta-qoʻrgʻon yaqinidagi Arbinjon mavzeida shiddatli jang qilgan (712). Sugʻdiylar Samarqandga chekinishga majbur boʻlishgan. Gʻurak Shosh podshosi, turklar xoqoni va Fargʻona ixshidiga elchilar yuborib, yordam soʻragan. Ammo Qutayba … Читать далее

GʻULOM ZAFARIY

GʻULOM ZAFARIY (1889 – Toshkent sh. — 1938.4.12) — shoir, aktyor va dramaturg. Milliy musiqali drama janri asoschisi. Xoʻja Ahmad va Koʻkaldosh madrasalarida taʼlim olgan (1912). Oʻsh sh. da usuli jadid maktabini ochgan (1912—14). «Turon» jamiyati, 1916—21 y. larda shu nomli teatrda aktyor va dramaturg (1914). «Ish-chilar dunyosi» jur. da boʻlim mudiri (1917 — 18). … Читать далее

DAHBEDI

DAHBEDI — qovunning ertapishar navi. Shakli tuxumsimon, dum tomoni toʻmtoq, uz. 15—25 sm, ogʻirligi 1,7—3 kg. Sirti tekis, sertoʻr. Tusi och yashil. Poʻstining qalinligi oʻrtacha. Etining qalinligi 3,5—4,5 sm, och yashil, kuvrak, xushxoʻr, tarkibida 8—10,5% qand, shu jumladan 5,4—6,7% saxaroza bor. Urugʻxonasining yarmini urugʻdonlar egallaydi. Urugʻi ekilganidan keyin 70—75 kunda pishadi. Hosildorligi 250—300 s/ga. Samarqand … Читать далее

GʻOZGʻON MARMAR KONI

GʻOZGʻON MARMAR KONI — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi noyob dekorativ xususiyatli marmar olinadigan kon. Navoiy sh. dan 65 km shim. da, Nurota tizmasining gʻarbiy chekkasidagi Gʻozgʻontogʻ tizmasida joylashgan. Kon 1935—75 y. lar mobaynida oʻrganilib, 1970-y. dan boshlab sanoat miqyosida foydalanilmoqda. Gʻozgʻontov togʻlari uz. 40 km, eni 1—6 km gacha boʻlgan, shim. garbiy yoʻnalishda choʻzilgan kichik … Читать далее

GʻISHTBAND

GʻISHTBAND — 12-a. gidrotexnika inshooti — suv omborining tosh toʻgʻoni qoldigʻi. Samarqand viloyati Kat-taqoʻrgʻon tumanidagi Jom qishlogʻi yaqinidan topib tekshirilgan. Bu in-shoot aholi oʻrtasida Gʻishtband (gʻishtdan qurilgan toʻgʻon) nomi bilan yuritilib, Zarafshon togʻ tizmalarining gʻarbiy etaklaridan oqib tushadigan Omondarasoyda qurilgan. U yoʻnilgan togʻ toshlari va suvga chidamli maxsus qurilish qorishmasi bilan ishlangan. Inshoot soyning engtor … Читать далее

DAZMOL

DAZMOL — gazlama, kiyim-kechak, koʻnchilik mahsulotlari va b. ga issiqlik ishlovi berish (qizdirib silliqlash) uchun moʻljallangan asbob. Uy-roʻzgʻorda, maishiy xizmat korxonalarida, tikuvchilik f-kalarida, koʻn z-dlarida ishlatiladi. Roʻzgʻorda ishlatiladigan Dazmolning kumir yoki oʻtin chugida qizdiriladigan, plita ustiga quyib qizdiriladigan va elektr xillari bor. Hozir, asosan, elektr Dazmol ishlatiladi. U metall asos, qopqoq, qizdirish elementi (spiral) va … Читать далее