VOBKENT

VOBKENT (oʻgʻuz shevasidagi «vob» yoki «vahobkent» — «boʻz, qoʻriqaagi qishloq» maʼnosida) — Buxoro viloyatidagi shahar (1981-y. dan). Vobkent tumaninint maʼmuriy markazi. Vobkent — koʻhna shaharlardan biri. Oʻrta asrlarda Vobkent atrofida bir necha qishloq-qoʻrgʻonlar boʻlgan. Vobkentning gʻarbida joylashgan Narshax qishlogʻi shulardan biri. 10-a. da yashagan tarixchi olim Narshaxiy shu qishloqda tavallud topgan. Narshax qishlogʻi Muqanna qoʻzgʻoloni … Читать далее

BAROQ

BAROQ, Buroq, Baroq oʻgʻlon (? — 1428) — dashti qipchoqlik hukmdor (1423—28). Oʻrusxonning nabirasi. Baroq 1419-y. may oyida taxt uchun kurashda koʻmak istab Samarqandga Ulugbek huzuriga kelgan. Ulugʻbek unga harbiy yordam beradi va shu yilning avg. oxirida oʻzi ham katta qoʻshin bilan safarga chiqib, 5 sent. da Chinoz yonida Sirdaryodan kechib oʻtadi. Dushman (Tugʻa Temur … Читать далее

VETERINARIYA INSTITUTI

VETERINARIYA INSTITUTI, Akademik K. I. Skryabin nomidagi Oʻzbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot instituti (OʻzVITI) — Markaziy Osiyodagi yirik i. t. muassasasi. Samarqand viloyatining Toyloq qishlogʻida joylashgan (1959-y. dan). Dastlab Turkiston Yer ishlari xalq komissarligi veterinariya boshqarmasi qoshidagi oʻlka veterinariya-bakteriologiya lab. tarzida 1924-y. da Toshkentda tashkil etilgan. 1926-y. da Veterinariya-bakteriologiya in-tiga aylantirildi. 1934-y. dan hoz. nomda. 1978-y. … Читать далее

VALI MUHAMMAD

VALI MUHAMMAD (? – 1611.27.8) — Buxoro xoni (1605—11), ashtarxoniylardan. Akasi Boqi Muhammad davrida Balx noibi (1599—1605). Boqi Muhammad vafotidan soʻng Buxoro taxtiga oʻtqazilgan. Vali Muhammaddan soʻng Balx hokimi boʻlgan Nadr Muhammadxon boshliq mahalliy amaldorlar Imomqulixonni Buxoro taxtiga oʻtqazish uchun Vali Muhammadga qarshi fitna uyushtirganlar. 1611-y. bahorida V. M. Imomquli va Nadr Muhammadxonlar bilan boʻlgan … Читать далее

VETERINARIYA AKUSHERLIGI

VETERINARIYA AKUSHERLIGI — klinik fan, jinsiy jarayonning norma va patologiya masalalari bilan shugʻullanib (urugʻlantirish, otalanish, boʻgʻoz boʻlish, tugʻish va tuqqandan soʻnggi davr), shuningdek sut bezlari va yangi tugʻilgan hayvonlar kasalliklarini oʻrganadi. Veterinariya akusherligi qishloqxoʻjaligi hayvonlarini sunʼiy qochirish nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqadi, hayvonlarning tugʻishiga yordam berish va bosh sonini koʻpaytirish yoʻllarini oʻrgatadi. Veterinariya akusherligi hayvonlar … Читать далее

BUXORODA 1910-YIL YANVAR VOQEALARI

BUXORODA 1910-YIL YANVAR VOQEALARI — Buxorodagi qonli fojia (9—11 yanv.). Shaharning shia mazhabidagi aholisi 9 yanv. kuni Oʻgʻlon darvozasi yaqinidagi sarbozxonada oʻzlarining motam marosimlari — «shaxseyvaxsey» (q. Ashuro) oʻtkazayotganliklarida sunniy mazhabidagi mullavachchalar ularning bu holidan kuladilar. Bundan gʻazablangan shialar bir mullavachchani oʻldiradilar va uchtasini qamattiradilar. Sunniylarning vakillari amirning Arkiga kelib qushbegi Ostonaquldan gunohkorlarni jazolash va … Читать далее

BURHONOV

BURHONOV Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich (1916.5.5, Buxoro) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964), Uzbekiston xalq artisti (1974). Uzbekistonda a kapella janri asoschilaridan. Samarqand musiqa va xoreografiya in-tida (1928 — 32), Moskva konservatoriyasida (193941, 194649) taʼlim olgan. Oʻsha yillari «Alisher Navoiy» dramasi (Uygʻun va I. Sulton, 1943)ga musiqa, qator kamervokal va kamer cholgʻu asarlar yaratdi. … Читать далее

BOLTAYEV

BOLTAYEV Abdurauf (1909. 2. 6, Kattaqoʻrgʻon 1978. 6.10, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 1931—34 y. larda Qoradaryo, Narpay, Sariosiyo tumanlari, Kattaqoʻrgʻon sh., Qashqadaryo viloyati teatrlarining tashkilotchilaridan, 1934—39 ylar Samarqand viloyat teatri da, 1939-y. dan Muqimiy teatrida aktyor. Mashhur rollari: Qozi («Maysaraning ishi»), Boboxon («Tohir va Zuhra»), Jiyanboy («Gʻunchalar»), Umurzoqboy («Paranji sirlari»), Flores («Qoʻzibuloq»), Qozi … Читать далее