VALIXOʻJAYEV

VALIXOʻJAYEV Botir (1932. 1. 4, Samarqand) — adabiyotshunos. Oʻzbekistan FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), prof. (1971). Samarqand davlat un-tining filol. f-tini bitirgan (1953), shu untda oʻqituvchi (1956-63), f-tdekanining oʻrinbosari (1964-69), dekan (1971-73, 1986-88), tojik tili va adabiyoti kafedrasi (1974 — 85), oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi (1985-y. dan) mudiri, prorektor (1990-y. dan). Valixoʻjayev ilmiy ishlari adabiyot tarixi, adzbiyotshunoslik, adabiy aloqalar, tasavvuf va uning namoyandalari, Samarqand adabiy va ilmiy muhiti tarixi, Ibn Sino, Nizomiy, Jomiy, Navo-iy kabi olim va mumtoz shoirlarning ijodiga bagʻishlangan. «Oʻzbekistan adabiy-tanqidiy qarashlari tarixidan» (1960), «Oʻzbek epik poeziyasi tarixidan» (1974), «Navoiy ijodi — ilhom manbai» (1991), «Xoja Ahror Vali» (1993), «Xoja Ahror tarixi» (1994) kabi ilmiy asarlar va bir necha oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Valixoʻjayev asarlari Rossiya, Afgʻoniston, Turkiya va Eronda nashr etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x