BOBOQULOV

BOBOQULOV Ahmad (1931.17.1 Dushanba—1990.25.5) — tojik xonandasi (lirikdramatik tenor). Xalq artisti (1971). Taniqli maqom bilimdoni Boboqul Fayzullayevning oʻgʻli. Tojik opera va balet teatri (1954—56, 1966 — 81), Tojik Davlat filarmoniyasi (1956— 66) yakkaxoni, Tojikiston teleradiosi maqom ansamblining badiiy rahbari (1973—81). M. Tursunzoda nomidagi Sanʼat in-tida oʻqituvchi, xonandalik kafedrasi mudiri (1967 — 76), prof. (1977-y. dan). … Читать далее

BOBO MIRAK QOʻZGʻOLONI

BOBO MIRAK QOʻZGʻOLONI — Buxoro xonligida shayboniylarta qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (16a. 40-y. lari). Yirik yer egalari. viloyat hokimlarining markaziy hokimiyatga boʻysunmasliklari natijasida Buxoro xonligidan ayrim viloyatlar (Balx, Samarqand) qatori kichik shaharlar ham ajralib chiqa boshlagan. Qarshi viloyatining Koson sh. da joʻybor xojalariaai Abul Baqoning togʻasi Bobo Mirak umumxalq qoʻzgʻoloniga rahbarlikni oʻz qoʻliga olgan. Qoʻzgʻolon … Читать далее

VYATKIN Vasiliy Lavrentyevich

VYATKIN Vasiliy Lavrentyevich [1869.18(30).8, Yettisuv – 1932.26.6, Samarqand] — arxeolog, prof. (1923). Toshkent oʻqituvchilar seminariyasini tugatgan (1894). Samarqand oʻlkani oʻrganish muzeyining tashkilotchisi (1896) va direktori. Vyatkin 1905—31 ylarda Afrosiyobda qazish ishlari olib borib, tadqiqotlari haqida «Afrosiyob — koʻhna Samarqand oʻrni» (1926) asarini yozgan. Ulugʻbek rasadxonasi (15-a.) oʻrnini aniqlagan va u yerda qazish ishlari olib borgan … Читать далее

BEHI

BEHI (Cudonia oblonga Mill.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. B. ning Ozarbayjon, Dogiston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida «avya» shaklida tilga olingan. B. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrim, Ukrainaning jan. hamda Astraxon viloyatida keng tarqalgan. Oʻzbekistondagi Behi zorlarning 80% Fargʻona vodiysida. … Читать далее

BADRIDDIN

BADRIDDIN (14 – a.) — samarqandlik binokor usta. B. usta Shamsuddin va usta Zaynuddinlar bilan hamkorlikda Shoxizinda ansambli (Samarqand)dagi Shodi Mulk ogʻo maqbarasini qurgan (1373). Bu haqda maqbara peshtoqining sharafasi va ustun bezagi orasiga yozilgan. Badriddin va uning hamkorlari binoning umumiy koʻrinishini nafis va jozibali qilib ishlash, bezak uslubini takomillashtirish, naqshlarini murakkablashtirish yoʻli bilan markaziy … Читать далее

VAHOBOVA Oʻktam Karimovna

VAHOBOVA Oʻktam Karimovna (1928.25.10, Margilon) — terapevt-kardiolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980); tibbiyot fanlari d-ri (1972), prof. (1973). Samarqand davlat tibbiyot in-ti pediatriya f-ti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri (1973-y. dan), in-t prorektori (1961 — 66), rektori (1966—81), 1987-y. dan terapiya kafedrasi mudiri. Toshkent davlat tibbiyot in-ti prorektori (1982 — 86). Ilmiy ishlari yurak-tomir kasalliklari: … Читать далее

BULUNGʻUR TUMANI

BULUNGʻUR TUMANI — Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Bulungʻur tumani shim. da Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani, sharqda Baxmal tumani, gʻarbda Samarqand viloyatining Jomboy tumani, jan. garbda Toyloq tumani, jan. da Urgut tumani va jan. sharqda Tojikiston bilan chegaradosh. Mayd. 0,76 ming km2. Aholisi 116,8 ming kishi (2000). Bulungʻur tumanida 1 shahar … Читать далее

BOQI MUHAMMAD

BOQI MUHAMMAD (71605) Buxoro xoni (1601—05). Ashsharxoniylardan. Jonibek sultonning oʻgʻli. Shayboniylar sulolasining soʻnggi vakili Pirmuhammadxon (1598—1601) Boqi Muhammadni alohida xizmatlari uchun Samarqand hokimi etib tayinlagan (1599). Shunday boʻlsada, Boqi Muhammad tez orada oʻz mavqeini mustahkamlab olib, Pirmuhammadxonga itoat etmay koʻygan va hatto unga qarshi urushga hozirlik koʻra boshlagan. 1601-y. iyunda Pirmuhammadxon Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamol … Читать далее

VETERINARIYA

VETERINARIYA, veterinariya tibbiyoti, baytariya (lot. veterinarius — hayvonlarni parvarish qiluvchi, hayvonlarni davolovchi) — hayvonlar kasalliklarini oʻrganuvchi fanlar majmui hamda hayvonlar kasalliklarining oldini olish va ularni yoʻqotish, aholini odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar tizimi. Veterinariya shartli ravishda 3 guruhga ajratiladigan fanlarni oʻz ichiga oladi: veterinariya – biologiya fanlari — hayvonlarning … Читать далее

VASLIY

VASLIY (taxallusi; asl ismi Sayd Axmad usta Azim oʻgʻli) (1870 — Samarqand — 1925.29.10) — oʻzbek va tojik shoiri, maʼrifatparvari. Toshkent (1883-91) va Buxorodagi (1893-1902) Koʻkaldosh madrasalarida oʻqigan. Buxoroda (1903—09), Samarqanddagi Orifjonboy va Qusam ibn Abbos madrasalarida mudarrislik qilgan (1909—17). Ulugʻbek madrasasida yangicha usul maktablari uchun muallimlar tayyorlash kursida dars bergan, adabiy toʻgarak ochib, unga … Читать далее