BURCHAKTISHLAR

BURCHAKTISHLAR, burchak tishli tritonlar (Hynobius) — dumli amfibiyalar urugʻi. Tanglay tishlari burchak shaklida qayrilgan. 18 ta turi bor. Sharqiy Osiyo va Sibirda tarqalgan. Sibir burchaktishi yoki toʻrt barmoqli triton (Hynobius Keyserlingii) ning uz. 13 sm gacha, dumi 6 sm ga yaqin, tanasining orqa va yon tomonlari boʻz rangda, ustida mayda xollari va och rang yoʻllari bor. Oʻrta Osiyo (Pomir va Samarqand) da Turkiston B. i (N. turcestanicus) tarqalgani toʻgʻrisida maʼlumot bor. Turkiston Burchaktishlari barmogining 5 ta boʻlishi b-n boshqa turlardan farq qiladi. Burchaktishlar quruqlikda yashaydi, urchish davrida suvga tushadi. Erkagi spermatozoidlar b-n toʻla spermatoforini, urgʻochisi esa 7—50 uvuldiriqli uzunchoq diriddoq xaltachasini suvga tashlaydi. Tuxumlari suvda urugʻlanadi. Burchaktishlar turli umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x